Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kanadada bortida o‘zbekistonliklar bo‘lgan kichik samolyot quladi. Ularning barchasi halok bo‘ldi
Joriy yilning 27 noyabr kuni kechqurun Ontarioning Markxem shahridan Kvebek provinsiyasining Kvebek shahri tomon parvoz qilgan samolyot Kingston yaqinidagi o‘rmonli hududga quladi. Hodisa oqibatida yetti nafar o‘zbekistonlik, shu jumladan uch nafar yosh bola halok bo‘ldi.
Kanada Transportdagi xavfsizlik kengashining (The Transportation Safety Board of Canada – TSB) tasdiqlashicha, Piper PA-32 samolyoti Batonvill aeroportidan parvoz qilgan hamda Kvebek Siti tomon yo‘l olgan.
CBC ma'lumotlariga ko‘ra, Texasda istiqomat qilgan Otabek Obloqulov, uning rafiqasi va 3, 11 va 15 yoshdagi uch nafar farzandi, shuningdek, Torontoda yashagan Bobomurod Nabiyev va uning rafiqasi halok bo‘lgan. Ularning barchasi asli o‘zbekistonlikdir.
Politsiya va Transport vazirligi rasmiylari halokat yuzasidan tekshiruv boshladi.


Voqeaga ob-havo sharoiti ham sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkinligi istisno etilmayapti.
27 noyabr kuni Kingstonda Environment Canada tomonidan maxsus ogohlantirish e'lon qilindi, unda juda kuchli shamol esishi aytilgan.
Mavzuga oid
07:43 / 13.06.2026
Kanada JCh tarixidagi ilk ochkosini qo‘lga kiritdi
16:40 / 12.06.2026
Mundial tanishtiruvi. B guruhi haqida nimalarni bilish kerak?
14:14 / 12.06.2026
Kanada ham bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlarni taqiqlamoqchi
22:32 / 09.06.2026