Qirğiziston Respublikasi prezidenti Sooronbay Jeenbekov Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining ikkinçi Maslahat uçraşuvida iştirok etiş uçun Toşkentga keldi.
ÖzA xabariga köra, oliy martabali mehmonni Islom Karimov nomidagi Toşkent xalqaro aeroportida Özbekiston Respublikasi boş vaziri Abdulla Aripov kutib oldi.
Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining ikkinçi Maslahat uçraşuvi bugun, 29 noyabr kuni bölib ötadi.
Unda siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar va boşqa sohalarda mintaqaviy hamkorlikni kengaytiriş masalalari muhokama qilinadi.

















