Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Noqonuniy muhojirlar Serbiyadan Vengriyaga o‘tish uchun tunnellar qazishgani aniqlandi
Vengriyada politsiya xodimlari Serbiya chegarasida ikkita tunnelni aniqlashdi. Noqonuniy muhojirlar ushbu tunnellardan Serbiyadan Vengriyaga o‘tish uchun foydalanishgan. Bu haqda TASS axborot agentligi xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, tunnellardan birining uzunligi 34 metrni, ikkinchisi 22 metrni tashkil qiladi.
Politsiya ma'lumotlariga ko‘ra, ikkala obekt ham qo‘losti vositalari yordamida qazilgan. Ayni vaqtda tunnellar maxsus texnika yordamida ko‘mib tashlangan.
Shuningdek, tunnellardan foydalanmoqchi bo‘lgan 44 kishi qo‘lga olingan.
Vengriya 2015 yilda Yevropadagi migratsiya inqirozining avj pallasida Yevropa Ittifoqining o‘z hududiga Yaqin Sharq va Afrikadan migrantlarni qo‘yishni to‘xtatgan birinchi davlati bo‘lgan. Bu esa Yevropa Ittifoqi davlatlariga noqonuniy migratsiyaning nazoratsiz oqimlari to‘xtashiga yordam bergan.
Mavzuga oid
10:50 / 08.07.2026
Serbiyadagi o‘zbekistonlikka bepul aviachipta olib berildi
22:16 / 07.07.2026
Vengriyaning bosh teleradiokompaniyasi «yillar davomidagi yolg‘onlar» uchun uzr so‘radi
21:27 / 05.07.2026
Vengriya prezidenti bosh vazirning talabi bilan iste’foga chiqmasligini aytdi
09:00 / 16.06.2026