Almazbek Atamboyev yana bir jinoyatda gumon qilinmoqda
Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Almazbek Atamboyev yana bir jinoyatni sodir etishda gumon qilinmoqda. Bu haqda Tengrinews.kz nashri xabar berdi.
Atamboyevning advokati Sergey Slesarevning aytishicha, Qirg‘izistonning sobiq prezidentiga tergovga qarshilik ko‘rsatish ayblovi qo‘yilmoqda. Gap Atamboyev jinoiy avtoritet Aziz Batukayevning noqonuniy ozod etilishi ishi bo‘yicha so‘roqqa kelishdan bosh tortgani haqida bormoqda.
“Unga gumon qilinayotganlikda ogohlantirish berildi. Rasmiy ayblov unga Batukayev bilan bog‘liq holat bo‘yichagina ayblov bildirdi. Lekin aytganimdek, tergovda Almazbek Atamboyev aybdorligining birorta isboti yo‘q. Ish qolgan ishlar kabi soxtalashtirilgan”, deb aytgan advokat.
Slesarevning ta'kidlashicha, u 6 dekabrga belgilangan keyingi sud majlisida Atamboyevni sudga boshqa olib kelmasliklari haqida iltimos qilmoqchi, chunki u sud jarayonida ishtirok etishdan bosh tortmoqda.
Batukayevning qamoqdan noqonuniy ozod etilishi ishi bo‘yicha 19 kishi, jumladan mahkumga tashxis qo‘ygan shifokorlar va laborantlar, jazoni ijro etish davlat xizmati vakillari va boshqa yuqori lavozimli amaldorlar, jumladan Atamboyev ayblanuvchi sifatida o‘tmoqda.
Mavzuga oid
16:49 / 16.10.2024
Sobiq MXX binosi hududidan ko‘chirilgan daraxtlarga oid tergov ishi natijasi ochiqlanmayapti. Sukut ortida nima bor?
12:10 / 11.06.2024
Tergov sudyasiga sanksiyalar va majburlov choralarini qo‘llash masalasini ko‘rib chiqish vakolati beriladi
10:40 / 11.06.2024
Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlarda tergov sudyasi lavozimi joriy etiladi
13:40 / 10.04.2024