«Andijon»da g‘alaba, «vodiy derbisi»da murosa ko‘chasi tanlandi. Superliga-2019 yakuniy turnir jadvali
Superliga yakuniy 26-turi doirasida kecha vodiyda quyuq tuman tufayli qoldirilgan ikki uchrashuv bugun davom ettirildi va O‘zbekiston milliy chempionatiga yakun yasaldi.
«Andijon» – «Qizilqum» uchrashuvi 52-daqiqadan boshlab davom ettirildi. O‘yinning 75-daqiqasida Abdulloh Olimov tomonidan urilgan gol Aleksandr Xomyakov jamoasiga g‘alaba keltirdi va vodiy klubi 28 ochko bilan mavsumni 10-o‘rinda yakunladi.
Qo‘qondagi bahsda esa hisob o‘zgarmadi - 1:1 (30 noyabr kuni o‘yin to‘xtatilgan vaqtda jamoalar bittadan gol urishgandi). Natijada «Navbahor» mavsumni 9-o‘rinda (32), «Qo‘qon-1912» esa 11-o‘rinda (26) yakunladi.
Superliga-2019 yakunlariga ko‘ra, «Dinamo» jamoasi «Buxoro» va «Qizilqum» bilan bir xil - 24tadan ochko to‘pladi. Lekin samarqandliklar jamoasi qo‘shimcha ko‘rsatkichlar evaziga eng oxirgi o‘rinni egalladi va Superligani tark etdi.
Superliga. 26-tur
«Qo‘qon-1912» – «Navbahor» – 1:1
Gollar: Suhrob Berdiyev (18) - Aziz Turg‘unboyev (20).
«Qo‘qon-1912»: Muzaffar Abdullayev, Jamshid Hasanov (Hamidullo Abduhamidov, 89), Quvondiq Ro‘ziyev (Hojimat Erkinov, 46), Oybek Rustamov, Jahongir Ahmadov, Suhrob Berdiyev, Iqbol Malikjonov, Shahboz Erkinov (Otabek Haydarov, 46), Aleksandr Merzlyakov, Jasur Yoqubov, Murod Xolmuhammedov.
«Navbahor»: O‘tkir Yusupov, Shahzod Shaymanov (Komil Tojiddinov, 46), Ivan Solovev (Sherzod Hakimov, 79), Aziz Turg‘unboyev, Aleksandr Kasyan (Ayubxon No‘'monov, 63), Obid Jo‘raboyev, Mirzohid G‘ofurov, Igor Golban, G‘iyos Komilov, Abbos G‘ulomov, Amirbek Jo‘raboyev.
Chetlatish: Amirbek Jo‘raboyev (68, «Navbahor»)
«Andijon» - «Qizilqum» - 1:0
Gol: Abdulloh Olimov 75.
«Andijon»: Akmal Ortiqov, Bobur Akbarov, Ildar Mamatkazin, Xushnud Avilov, Farhod Mirahmatov, Farhod Bekmuratov, Dilshod Rahmatullayev (Abdulloh Olimov, 52), Qahramon Bahodirov, Abdurahmon Abdulhaqov (Sardor Azimov, 69), Ro‘zimboy Ahmedov, Shahzodbek Ubaydullayev.
«Qizilqum»: Artyom Makosin, Akmal Rustamov, Alisher Sanoyev, Fayzulla Qambarov, Stiven Lustitsa (Sunnatilla Abdullajonov, 69), Muhsin Ubaydullayev, Azizbek Usmonov, Ruslan Margiyev, Vohid Shodiyev, Mate Vatsadze, Doston Ibragimov.
Superliga-2019 yakuniy turnir jadvali:
Tavsiya etamiz
Muddat qo‘yuvchi Tramp: buning oxiri bormi?
Jahon | 22:09 / 24.04.2025
Toshkentda avtomobilni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun onlayn ariza berish mumkin bo‘ldi
O‘zbekiston | 20:34 / 24.04.2025
Stomatologiya poliklinikalari xususiylashtiriladi
O‘zbekiston | 10:56 / 24.04.2025
Bojxonadagi cheklovlar: fuqaro bojni to‘lay olmasa, nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 22:43 / 23.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Real»dan nihoyat munosib qarshilik. Anchelotti o‘yinni qanday o‘zgartirdi?
Sport | 16:39
-
Vankunverda avtomobil odamlarni bosib ketdi. Qurbonlar va yaradorlar bor
Jahon | 16:30
-
«Titanik» yo‘lovchisi yozgan maktub 300 ming funtga sotildi
Jahon | 16:07
-
Namanganda hojatxonaga tushib ketgan 3 yoshli bola qutqarildi
Jamiyat | 15:49
Mavzuga oid

04:28 / 11.03.2022
Draganning «Paxtakor»i yana g‘olib: «sherlar» Cheranga bog‘lanib qoldimi?

16:48 / 20.01.2021
Futboldagi o‘zbek ishi. Hakamlar kim bilan kelishishgan?

22:33 / 29.11.2020
Sergeyev – qahramon, Masharipov hamon jamoada. «Paxtakor»ning chempionlik o‘yinidan fotogalereya

21:17 / 20.11.2020