“Yagona darça” bojxona axborot tizimi joriy etiladi. Vazirlar Mahkamasining bu haqdagi tegişli qarori loyihasi muhokama uçun joylaştirildi.
Qayd etilişiça, 2020 yil 1 yanvardan boşlab Davlat bojxona qömitasining “Yagona darça” bojxona axborot tizimining yangi talqini sinov rejimida işga tuşiriladi.
“Yagona darça” BATda quyidagilar joriy etilişiga alohida e'tibor qaratiladi:
import, eksport va tranzitga taalluqli tartib-taomillar böyiça standartlaştirilgan ma'lumotlar va hujjatlarni yagona elektron manzildan foydalangan holda oliş;
fitosanitariya, sanitar-epidemiologik, veterinariya, ekologik nazorat organlari va boşqa muvofiqlikni baholaş organlari, şuningdek, taşqi iqtisodiy faoliyat qatnaşçilari tomonidan ruxsat etiş xususiyatiga ega hujjatlar va (yoki) muvofiqlik sertifikatini rasmiylaştirişning bosqiçlarini masofadan kuzatiş;
barça uçun oçiq bölgan elektron şakldagi ruxsat etiş xususiyatiga ega hujjatlar va (yoki) muvofiqlik sertifikatining reyestrlarini yuritişga töliq ötiş;
xorijiy mamlakatlardagi epizootik, karantin va fitosanitariya holatlari töğrisidagi oçiq ma'lumotlarni eng sönggi körsatkiçlar holatida uşlab turiş;
dastlabki ma'lumotlar asosida tovarlar Özbekiston Respublikasi hududiga amalda yetib kelişiga qadar ruxsat etiş xususiyatiga ega hujjatlar va (yoki) muvofiqlik sertifikatini beriş;
vakolatli organlar tomonidan körsatiladigan davlat xizmatlarining narxlar preyskurantini doimiy ravişda yangilab boriş;
davlat xizmatlari körsatiş uçun örtaça sarflangan vaqt va mablağlar töğrisidagi ma'lumotlarni real vaqt rejimida kuzatib boriş.
Özbekiston Respublikasi Davlat bojxona qömitasi “Yagona darça” BATni joriy etiş, takomillaştiriş va uzluksiz işlaşini ta'minlaş uçun mas'ul organ etib belgilanadi.
Belgilanişiça:
“Yagona darça” BAT doirasida vakolatli organlar va ular tomonidan taqdim etiladigan ruxsat etiş xususiyatiga ega hujjatlar va (yoki) muvofiqlik sertifikatining röyxati Davlat bojxona qömitasi tomonidan şakllantiriladi va yangilanib boriladi;

















