La Liga prezidenti Xaver Tebas iste'foga chiqishini ma'lum qildi.

«Men saylov jarayonlarini boshlash uchun La Liga prezidenti lavozimidan iste'foga chiqyapman», – deb yozadi Tebas.

La Liga prezidenti saylovi 2020 yil oxirida bo‘lishi kerak edi, ammo Tebasning iste'foga chiqishi sababli oldinroq bo‘lib o‘tadi.

Ma'lum bo‘lishicha, Tebas yana saylovda o‘z nomzodini qo‘yadi.