Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 3 dekabr kuni Tojikiston Respublikasining poytaxti - Duşanbe şahri raisi Rustam Imomalini qabul qildi.

«Şavkat Mirziyoyev uçraşuv avvalida Özbekiston va Tojikiston örtasidagi döstlik va yaxşi qöşniçilik munosabatlari keyingi yillarda izçil rivojlanib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi.

Ikki qardoş mamlakat rahbarlarining siyosiy irodasi tufayli köp qirrali hamkorlikni sifat jihatidan yangi bosqiçga olib çiqiş ta'minlangani, Özbekiston va Tojikiston örtasida strategik şeriklik yölga qöyilgani alohida qayd etildi.

Duşanbe şahri raisi Rustam Imomali qabul uçun samimiy minnatdorlik bildirib, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmonning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

Uçraşuvda mamlakatlarimiz poytaxtlari Toşkent va Duşanbe örtasida özaro manfaatli hamkorlikni kengaytirişning amaliy jihatlari muhokama qilindi.

Şaharni boşqariş va infratuzilmani rivojlantiriş, «yöl xaritasi» asosida qöşma kooperatsiya loyihalari va madaniy-gumanitar hamkorlik dasturlarini amalga oşiriş kabi yönalişlarda muntazam muloqotni yölga qöyiş masalalariga alohida e'tibor qaratildi», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.

Bundan avvalroq, Rustam Imomali Toşkent şahri hokimi Jahongir Ortiqxöjayev bilan uçraşib, tomonlar örtasida özaro hamkorlik böyiça kelişuvga erişilgani xabar qilingandi.