Toshkent va Dushanbe shahri hokimlari o‘zaro hamkorlik bo‘yicha kelishuvga erishdi
Jahongir Ortiqxo‘jayev va Rustam Emomali o‘rtasidagi muzokaralar yakunida 2020-2021 yillarda Toshkent shahri va Dushanbe shahri ijroiya qo‘mitalari o‘rtasida savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda birgalikda bajariladigan tadbirlar rejasini amalga oshirishga qaratilgan bitim imzolandi.

Foto: Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati
Bugun, 3 dekabr kuni Dushanbe shahri raisi Rustam Emomali Toshkentga rasmiy tashrif bilan keldi. Mehmonni Islom Karimov nomidagi xalqaro aeroportda Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev kutib oldi.
Tojikiston delegatsiyasi Toshkent shahar hokimligiga tashrif buyurdi. Jahongir Ortiqxo‘jayev va Rustam Imomali hokimlikda uchrashib, o‘zaro munosabatlarning bugungi holati va istiqbollari haqida fikr almashdi va tomonlar o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.
«Toshkent shahar hokimligida Dushanbe shahri raisi Rustam Imomali boshchiligidagi delegatsiya bilan o‘tkazilgan uchrashuv davomida tomonlar ikki tomonlama munosabatlarni yanada rivojlantirish masalasini muhokama etishdi.
Toshkent shahar hokimi o‘zbek va tojik xalqlarini ko‘p asrlik do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik, yagona din, o‘xshash madaniyat, urf-odat va an'analar bir-biriga mustahkam bog‘lab turishini e'tirof etdi va Toshkent Dushanbe bilan har tomonlama munosabatlarni rivojlantirishga tayyor ekanligini bildirdi.
Rustam Imomoli samimiy qabul va do‘stona muhit uchun minnatdorligini izhor etib, Toshkentdagi o‘zgarish va yangilanishlar jarayoni ular uchun qiziqarli ekanligini, Dushanbe tomoni poytaxtimizning qurilish sohasidagi tajribasi bilan tanishish niyatidaligini ma'lum qildi. Shuningdek, kelgusi yilda Dushanbeda Toshkent kunlarini tashkil etish va uning doirasida yoshlar forumini o‘tkazish rejalashtirilayotganligini aytib o‘tdi.
Uchrashuv davomida ikki tomon vakillari o‘rtasida 2020-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasining Toshkent shahri va Tojikiston Respublikasining Dushanbe shahri ijroiya qo‘mitalari o‘rtasida savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda birgalikda bajariladigan tadbirlar rejasini amalga oshirishga qaratilgan bitim imzolandi», deyiladi Toshkent shahri hokimligi matbuot xizmati xabarida.
Tavsiya etamiz
«Quvur operatsiyasi»: ruslar uni «urushdagi burilish nuqtasi» deyishmoqda
Jahon | 23:40 / 11.03.2025
Amaldorlar “mahalliy” xizmat avtomobillariga o‘tkazilmoqda
O‘zbekiston | 16:34 / 11.03.2025
Firibgarlar o‘g‘irlagan pullarni qaytarib bo‘lmaydimi?
O‘zbekiston | 15:27 / 11.03.2025
«Tashabbusli budjet» loyihalariga ovoz berish boshlandi
O‘zbekiston | 00:58 / 11.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentda belgilanmagan joyga chiqindi tashlayotganlarga qarshi reyd boshlandi
Jamiyat | 10:06
-
Zelenskiy: Rossiya o‘t ochishni to‘xtatishdan bosh torsa, Ukrainani mustahkamlash kerak bo‘ladi
Jahon | 09:47
-
Rossiyaga tarixiy tangalar va ko‘krak nishonlarini yashirincha olib ketayotgan shaxs ushlandi
Jamiyat | 09:26
-
Shols AQShning Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatish taklifini qo‘llab-quvvatladi
Jahon | 09:10
Mavzuga oid

17:38 / 03.03.2025
Tojikistondagi parlament saylovlarida prezident Imomali Rahmon partiyasi g‘alaba qozondi

15:24 / 08.01.2025
Dushanbe shahrida O‘zbekiston savdo uyi ochildi

18:54 / 09.10.2024
Imomali Rahmon MDH faoliyatida o‘zgarishlar bo‘lishini e’lon qildi

20:00 / 02.09.2024