Joriy yilning 22 noyabr kunidan 1 dekabrgaça «Özneftgazinspeksiya», Majburiy ijro byurosi, «Hududgazta'minot» AJ xodimlari va «Özstandart» agentligi mutaxassislari tomonidan respublika böylab joylaşgan 72ta avtomobillarga gaz töldiriş kompressor şoxobçalarida (AGTKŞ) tabiiy gazni qabul qiliş holati yuzasidan örganiş ötkazildi.

Örganiş natijalariga köra, 16ta korxona tomonidan gaz hisoblaş uskunasiga (Avtopilot va Avtopilot pro) taşqi ta'sir körsatilgani natijasida Gaz ta'minoti korxonasiga jami 30 mlrd 441 mln söm zarar keltirilgani aniqlangan.

Quyida gaz hisoblaş uskunasiga kolibrovka körsatkiçlariga özgartiriş kiritilgani natijasida uskuna tabiiy gaz sarfini kam körsatişiga olib kelgani aniqlangan şoxobçalar röyxati keltiriladi:

  • «Yuksak samara metan gaz» MÇJ (Yangiyöl tumanida joylaşgan). Uşbu korxonaga jami 1 267,2 ming metr kub (1 mlrd 267 mln söm) qayta hisob-kitob qilindi.
  • «Ravnaq gaz metan servis» MÇJ. Uşbu korxonaga jami 979,2 ming metr kub (979 mln 200 ming söm) qayta hisob-kitob qilindi.
  • «Hamkor gaz servis» MÇJ. Uşbu korxonaga jami 1 008 ming metr kub (1 mlrd 8 mln söm) qayta hisob-kitob qilindi.
  • «Pegas petrolium gaz» MÇJ (Bekobod şahrida joylaşgan). Uşbu korxonaga jami 1 478,4 ming metr kub (1 mlrd 478,4 mln söm) qayta hisob-kitob qilindi.
  • «Yangiyöl metan gaz» MÇJ (Angren şahrida joylaşgan). Uşbu korxonaga jami 3 564,0 ming metr kub (3 mlrd 546 mln söm) qayta hisob – kitob qilindi.
  • «Optima gaz servis» MÇJ (Ohangaron tumanida joylaşgan). Uşbu korxonaga jami 1 008 ming metr kub (1 mlrd 8 mln söm) qayta hisob-kitob qilindi.
  • «Oqqörğon eko gaz» MÇJ (Yuqori Çirçiq tumanida joylaşgan). Uşbu korxonaga jami 604,8 ming metr kub (604,8  mln söm) qayta hisob-kitob qilindi.
  • «Töytepa voha gaz» MÇJ (Örta Çirçiq tumanida joylaşgan). Uşbu korxonaga jami 756 ming metr kub (756 mln söm) qayta hisob-kitob qilindi.
  • «ZIYO NUR METAN» MÇJ (Sirdaryo tumanida joylaşgan). Uşbu korxonaga jami 11 844 ming metr kub (11 mlrd 844  mln söm) qayta hisob-kitob qilindi.

«Yuqorida körsatilgan barça korxonalarda aniqlangan holatlar yuzasidan Boş prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi mutaxassislari tomonidan tegişli dalolatnomalar rasmiylaştirildi», deyiladi «Özneftgazinspeksiya» axborot xizmati