O‘zbekiston | 12:23 / 04.12.2019
3559
3 daqiqa o‘qiladi

Xorijdan chet el valutasida to‘langan davlat bojlari milliy valutaga qayta hisoblanadi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 2019 yil 26 noyabrda o‘tkazilgan majlisida yangi tahrirdagi “Davlat boji to‘g‘risida”gi qonun loyihasi konseptual jihatdan birinchi o‘qishda ma'qullangan edi.

Ayni paytda parlament quyi palatasining barcha qo‘mitalari, siyosiy partiyalar fraksiyalari hamda O‘zbekiston Ekologik harakati deputatlar guruhi, Davlat budjeti boshqarmasi xodimlari bilan birgalikda ishchi guruhlarda mazkur qonun loyihasi keng muhokamada moddama-modda ko‘rib chiqilmoqda, deyiladi Qonunchilik palatasi saytida.

Yangi tahrirdagi “Soliq kodeksi to‘g‘risida”gi qonun loyihasi doirasida bir vaqtning o‘zida amaldagi Soliq kodeksidan chiqarilgan holda yangilangan “Davlat boji to‘g‘risida”gi qonun loyihasini muhokama qilish jarayonida normativ-huquqiy bazani soddalashtirish, to‘lash, hisobga olish, qaytarish tartiblari hamda davlat boji stavkasini belgilash tartiblari o‘rnatilmoqda.

Qonun loyihasi ilovasida davlat bojlari bilan birga patent bojlari va to‘lovi ham tasdiqlanishi ko‘zda tutilgan. Biroq, qonun loyihasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta'sirga ega ekanini e'tiborga olgan holda, normativ-huquqiy hujjatlarda davlat bojini to‘lash, qaytarish va to‘lovdan ozod etish mexanizmlarini tartibga solish zarurati tug‘ilmoqda.

Shu sababli, “Valutani tartibga solish to‘g‘risida”gi qonunning 9-moddasiga asosan, ayrim qonunosti hujjatlarida davlat bojlari stavkasi AQSh dollarida belgilangan bo‘lib, ushbu qonun loyihasida ularni bazaviy hisoblash miqdoriga o‘tkazish tartibi ko‘zda tutilgan.

Xorijdan chet el valutasida to‘langan davlat bojlarini milliy valutaga qayta hisoblanib, budjetga yo‘naltirish imkoniyatini yaratish masalalarini ham qonun loyihasida qayta ko‘rib chiqilmoqda.

Bundan tashqari, xorijda yashayotgan shaxslarga qulaylik yaratish maqsadida undirilishi yuklatilgan vazirliklar va idoralar veb-saytlarida AQSh dollarida tasdiqlangan davlat bojlari stavkalarini erkin valutadagi qiymatini doimiy ravishda rasmiy joylashtirishni taklif etilmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid