AQŞ boşqa mamlakatlarni Huawei Technologies va ZTE Corp korporatsiyalaridan telekommunikatsiya qurilmalari sotib olmaslikka çaqirmoqda va tez orada ularning raqobatçilarini qöllab-quvvatlaş uçun pul ajratadi. Bu haqda Bloomberg yozmoqda.
AQŞ xalqaro taraqqiyotni moliyalaştiriş korporatsiyasi (U.S. International Development Finance Corporation, DFC) özining 60 mlrd dollarlik budjetining bir qismini rivojlanayotgan davlatlar va kompaniyalarga boşqa firmalardan qurilmalar sotib olişga yordam berişga sarflaşni rejalaştirmoqda.
U bu taşabbus uçun sarflanadigan mablağning aniq miqdorini aytişni istamadi, ammo bu Şvetsiyaning Ericsson AB va Finlyandiyaning Nokia Oyj kompaniyalariga Huawei va ZTE bilan raqobat qilişda yordam berişi mumkin.
DFC ötgan yili kam va örtaça daromadli rivojlanayotgan davlatlarni moliyalaştiriş maqsadida taşkil etilgan. Uning vazifasi "avtoritar rejimlarning kuçayib borayotgan ta'siriga qarşi kuraşiş orqali AQŞ taşqi siyosatining rivojlanişiga yordam beriş"dan iborat.












