O‘zbekiston | 12:04 / 05.12.2019
9560
4 daqiqa o‘qiladi

Davlat qishloq xo‘jaligi sohasida ikki shaklda moliyaviy yordam berib boradi

Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlandi.
 
Norma’ning yozishicha, prezidentning 2019 yil 31 iyuldagi PQ-4410-son qarorida nazarda tutilgan ikki shakldagi moliyaviy yordam haqida so‘z bormoqda.
 
I. Qishloq xo‘jaligi texnikasi qiymatining 15 foizi miqdorida subsidiya. Avvaliga ishlab chiqaruvchi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Tarmoq bozorlari va eksportga yo‘naltirilgan ishlab chiqarish tadqiqotlari markaziga murojaat qiladi, u yerda ishlab chiqarilgan texnikaning mahalliylashtirilganlik darajasi aniqlanadi. Bu 5 ish kuni ichida amalga oshiriladi. Sertifikat berilganligi uchun 2 BHM undiriladi.
 
Bundan keyin Markaz 3 kunlik muddatda Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi (Jamg‘arma) sertifikat berilgan mahalliy ishlab chiqaruvchilar reyestrini beradi, unga qishloq xo‘jaligi texnikasining turi ko‘rsatilgan holda sertifikatlarning nusxalari ilova qilinadi.
 
Subsidiyalar faqat xaridor tomonidan sotib olingan kunda ishlab chiqarilgani bir yildan oshmagan yangi qishloq xo‘jaligi texnikasi uchun ajratiladi. Xaridor oldi-sotdi shartnomasini tuzib, to‘lovni to‘lagach, Jamg‘armaga ariza, shartnoma nusxasini, hisobvaraq-faktura va to‘lov hujjatini topshiradi. Hujjatlar 5 ish kuni ichida ko‘rib chiqiladi va ijobiy qaror qabul qilingan taqdirda, 5 ish kuni davomida subsidiya ajratiladi. Summa arizada ko‘rsatilgan bank hisobraqamiga o‘tkaziladi.
 
Mahalliylashtirilganlik darajasi 20 foizidan kam bo‘lsa yoxud texnika imtiyozli shartlarda budjet mablag‘lari, kreditlar yoki ko‘rsatilgan hujjatlar to‘liq taqdim qilinmagan bo‘lsa, subsidiya ajratilishi rad etiladi. 30 kun ichida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va hujjatlarni qayta taqdim qilish mumkin.
 
II. Xorijda xizmatlar ko‘rsatish (xizmatlarni eksport qilish) maqsadida kombaynlarni tashish uchun transport xarajatlarining 80 foizini qoplash uchun kompensatsiya. Qishloq xo‘jaligida mexanizatsiya xizmatlarini ko‘rsatuvchi mahalliy tashkilotlar har oyning 20-sanasidan kechikmay yig‘ma axborotni Jamg‘armaga taqdim qiladilar.
 
Quyidagilar ilova qilinadi:

• belgilangan shakldagi ariza;
• transport-ekspeditorlik xizmatlarini ko‘rsatish uchun shartnoma nusxasi;
• yuklarni transportda tashish bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlar dalolatnomasi;
• transport xarajatlari to‘langanligini tasdiqlovchi to‘lov hujjatlari nusxasi;
• qishloq xo‘jaligi xizmatlarini ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnoma nusxasi, shuningdek, xizmatlar ko‘rsatilganligini va ular bo‘yicha to‘lov amalga oshirilganligini tasdiqlovchi hujjatlar.  
 
Hujjatlar 5 ish kunida ko‘rib chiqiladi va 5 ish kunida kompensatsiya ajratiladi. Ko‘rsatilgan zarur hujjatlar to‘liq taqdim etilmagan taqdirda, Jamg‘arma ularni puxta ishlab chiqish uchun qaytarib beradi, ariza beruvchi 30 kun ichida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etishi va ularni qayta taqdim qilishga haqlidir.   

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid