Özbekiston Respublikasi boş vaziri Abdulla Aripov Rossiya hukumati raisi Dmitriy Medvedev bilan telefon orqali muloqot ötkazdi. 

Rossiya Federatsiyasi vazirlar mahkamasi matbuot xizmatining 5 dekabr kuni xabar qilişiça, özaro muloqot davomida ikki tomonlama hamkorlik masalalari yuzasidan fikr almaşildi.

«Abdulla Aripov va Dmitriy Medvedev telefon orqali suhbat çoğida savdo-iqtisodiy sohadagi ikki tomonlama hamkorlikning bir qator dolzarb masalalarini muhokama qildilar», - deyiladi Rossiya hukumati bayonotida.

Şuningdek, Rossiya va Özbekiston örtasidagi hukumatlararo hamkorlik mavzusi körib çiqilgani aytilmoqda.

Bundan oldin, Özbekiston aeroportlarni Rossiya kompaniyasi boşqaruviga berişdan boş tortişi mumkin ekani xabar qilingandi.