Eronning Kurdiston viloyatida nikoh töyi nişonlanişi vaqtida gaz portlaşi oqibatida 11 kişi, jumladan 5 bola halok böldi. Bu haqda Mehr axborot agentligiga tayanib TASS axborot agentligi xabar berdi.
Voqea Sakkiz şahridagi töyxonalardan birida yuz bergan. Gaz balloni portlaşi oqibatida yana 34 kişi jarohatlangan. Ularning barçasi yaqin oradagi şifoxonalarga yetkazilgan.
Şunga öxşaş voqea 2018 yilda Hindistonning Beavar şahrida yuz bergandi. Öşanda töy marosimi vaqtida gaz balloni portlaşi oqibatida 18 kişi halok bölgan.

















