“Uzautotrans service” korxonasi bugun, 6 dekabrdan e'tiboran “Farğona ─ Döstlik” yönalişida sinov tariqasida avtobus qatnovini yölga qöydi.
Özbekiston Respublikasi Transport vazirligi axborot xizmatiga köra, avtobuslar “Farğona şahar atrofi” avtostansiyasidan yölga çiqib, Andijon viloyatidagi “Döstlik” çegara ötkaziş maskaniga qadar harakatlanmoqda.
Uşbu yönaliş masofasi 115 km.ga teng bölib, qatnovlar Yutong avtobuslarida amalga oşirilyapti. Yölkira haqqi esa 15 000 söm etib belgilangan.
Xabarda aytilişiça, dastlabki bosqiçda qatnovlar ikki tomonlama yönalişda kuniga jami 8 marotaba amalga oşiriladi.
















