Bugun, 6 dekabr kuni, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi yillik hisobotiga bağişlangan matbuot anjumani bölib ötdi.
Vazirlik boşqarma boşliği Şuhrat Pölatov işsizlik darajasi qaysi viloyatlarda yuqoriligi haqida ma'lumot berdi.
«Ayni vaqtda Özbekistonda 57 ming 775 nafar fuqaro işsizligi aniqlangan. Andijon, Qaşqadaryo va Samarqand viloyatlarida işsizlik darajasi nisbatan yuqori. Birgina Andijon viloyatida 4 ming 498 nafar işsiz fuqaro röyxatdan ötgan.
Işsizlik darajasini kamaytiriş maqsadida bu hududlar: Andijonda 30 mingdan ortiq, Qaşqadaryoda 24 mingdan ziyod, Samarqand viloyatida salkam 35 mingta iş örinlari yaratildi. Mehnat bozoridagi talab va takliflardan kelib çiqib, şu yilda ilk marta davlat buyurtmasi maqsadli körsatkiçlari belgilandi. Unga köra, 2019 yilda 370 mingta yangi iş örni taşkil etiş va 182 ming nafar aholi bandligini ta'minlaş vazifasi qöyildi. Joriy yilning 10 oyi davomida esa respublikada 304,5 mingta iş örinlari joriy etilgan», deya uning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Vazirlik boşqarma boşliği Temur Mahmudovning qöşimça qilişiça, mehnat organlariga murojaat qilgan fuqarolarga iş topib beriş imkoniyati bölmasa, ular işsiz hisoblanadi va işsizlik nafaqasi tölab beriladi. Amaldagi qonunçilikka muvofiq, birinçi marta iş qidirayotgan fuqarolarga bazaviy hisoblaş miqdorining 75 foizi, 1 yildan ortiq işsiz yurganlarga 100 foizi beriladi. Bu yil işsizlik nafaqalari beriş miqdori 4-5 baravarga oşdi.

















