Közingizni yuming va vitaminlarni tasavvur qiling. Nimani kördingiz? Agar xayolingizda sarxil meva va sabzavotlar bilan tölgan idiş gavdalangan bölsa, katta ehtimol bilan bu maqola siz uçun emas. Ammo biz şunday zamonda yaşayapmizki, aksariyat insonlar «vitamin» sözini faqatgina bir quti tabletka bilan boğlaşadi. Ularga atab dorixonalarda alohida peştaxtalar örnatilgan, reklama roliklarida esa vitamin komplekslarini sotib oliş öta zarurligi haqida bong uriladi. «Buning nimasi yomon?», dersiz. Bugun şu haqda ma'lumot beramiz.

Vitaminlar haqida nimani biliş kerak: nazariy qöllanma

Vitaminlar — organizm öz vazifasini töğri amalga oşirişi uçun zarur bölgan moddalar guruhi. Inson vitaminlarning katta qismini ovqat orqali qabul qiladi. Ammo istisno ham mavjud: D vitamini ultrabinafşa nuri ta'sirida işlab çiqariladi, A vitamini tanada avvalgi avloddan sintezlanadi, K va B3 vitaminlari esa içak mikrobiotlaridan ajralib çiqadi.

Yoğda eriydigan vitaminlar (A, D, E, K) organizmda töplaniş xususiyatiga ega, suvda eriydigan vitaminlar (C va B guruhi) esa tezda suv bilan birga çiqib ketadi.

Vitaminlar bizga nima uçun kerak? Biz ulardan quvvat olmaymiz, ular hujayra va töqimalar tuzilişida iştirok etmaydi. Aslida vitaminlar bizning organizmimizning öziga xos yordamçilari hisoblanadi. Ular fermentlarning töğri işlaşiga hissa qöşadi va ba'zida gormonlar rolini bajarib, tartibga soliş vazifasini bajaradi.

Mineral ionlarni ham yoddan çiqarmaslik zarur — uşbu neorganik birikmalar osmotik bosimni töğri uşlab turiş uçun muhim bölib, ularning ba'zilari oqsillar va nuklein kislotalari tarkibiga kiradi.

Inson vitamin va mineral ionlarni nimalardan qabul qilişi mumkin?

Ularning manbalari hamma yerda bor. Siz iste'mol qiladigan har bir narsa özida vitamin va minerallar saqlaydi. Hatto çipslar tarkibida ham C, B6 va kaliy vitamini bor. Sutga, un, tayyor nonuştalar, sosiskalar va obakilarga ham vitamin qöşiladi. Ammo vitamin va minerallarga eng boy manbalar mevalar, sabzavotlar, göşt, baliq, don, non va sut hisoblanadi. Bundan taşqari, muzlatilgan mahsulotlar ham vitaminga boylikda yangi va sarxil holdagilardan ortda qolmaydi.

Vitaminlar kompleksida nima notöğri?

Özimizga kerakli barça vitaminlarni bitta dorida jamlaş imkoni bordek tuyilişi mumkin. Ammo hammasi bunçalik oddiy emas.