Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Poytaxt hokimligi shahar markazida amalga oshiriladigan loyiha tafsilotlarini ochiqladi
Ijtimoiy tarmoqlarda Shahrisabz, Istiqlol ko‘chalari va Amir Temur shoh ko‘chasi kesishmasi (Ucell ro‘parasidagi avtoturargoh)da amalga oshirilayotgan loyiha yuzasidan ko‘plab muhokamalar paydo bo‘ldi.
Toshkent shahar hokimligiga ko‘ra, Turkiya Respublikasi prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning 2018 yilning bahor mavsumida O‘zbekiston Respublikasiga tashrifi davomida iqtisodiy va investitsion sohalarda qator kelishuvlarga erishilgan.

Tashrif natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2018 yil 12 maydagi “O‘zbekiston Respublikasi bilan Turkiya Respublikasi o‘rtasida hamkorlikni yanada mustahkamlash va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ 3717-sonli qarori qabul qilingan.
“Yo‘l xaritasi”ga muvofiq, Turkiyaning "Çalık Enerji"kompaniyasining 400,0 mln. dollar investitsiyasi asosida “Turkiya biznes markazi va zamonaviy mehmonxona tashkil etish” loyihasi amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan.
“Yo‘l xaritasi”ni bajarish doirasida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 5 dekabrdagi “Toshkent shahrining markaziy qismida ko‘p tarmoqli kompleks qurilishini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 991-sonli qarori bilan loyihaning asosiy parametrlari va amalga oshirish manzili belgilangan.
Loyihaning amalga oshirilishi jarayonida uchta zamonaviy 15 qavatli binoning qurilishi ko‘zda tutilgan. Ular mehmonxona va ikkita biznes markazidir. Ular ostida ikki qavatli yer osti avtoturargohi hamda binolar atrofida sayr qilish uchun yashil hudud barpo etilib, loyiha umumiy 2.5 gektar maydonda, 400 mln. dollar miqdorida kiritilayotgan investitsiya hisobiga amalga oshiriladi.
Mazkur loyihaning amalga oshirilishi natijasida 200 ta yangi ish o‘rni tashkil etiladi, deyiladi xabarda.
Ijtimoiy tarmoqlarda bo‘layotgan muhokamalarda, poytaxtliklarni mazkur hudud ostidan o‘tgan metro, u yerda o‘sayotgan daraxtlarning taqdiri, qurilish ishlarini yakunlash muddati va boshqa masalalar tashvishga solmoqda.
Investor tomonidan taqdim qilingan loyihaga ko‘ra, metro ustida yashil hudud barpo etiladi. Shu bilan birga, daraxtlarni ziyonsiz ko‘chirib o‘tkazish masalasi ko‘rib chiqilayotganligi aytiladi. Birlamchi rejaga ko‘ra, loyihani amalga oshirish muddati uch yilni tashkil qilmoqda.
Mavzuga oid
11:35
Toshkent dunyoning eng tez o‘zgarayotgan shaharlari qatoriga kirdi
18:17 / 15.06.2026
Turkiyaning zilziladan jabrlangan Hatay viloyatida O‘zbekiston mahallasi ochildi
16:28 / 13.06.2026
Toshkentda yo‘l talashgan haydovchi ikkinchi haydovchiga tayoq bilan hujum qildi
15:55 / 13.06.2026