Qirğizistonda Bişkek issiqlik elektr markazini (IEM) modernizatsiya qilişdagi korrupsiya işi böyiça aybdorlarga jazo hukmlari çiqarildi.  

Uşbu iş böyiça sudlanuvçilar orasida Qirğizistonning sobiq boş vazirlari Sapar Isakov va Jantoro Satibaldiyev, sobiq energetika vaziri Osmonbek Artikbayev, “Elektr stansiyalari” korxonasi sobiq boş direktori Salaydin Avazov, sobiq energetika vaziri örinbosari Oybek Kaliyev va boşqa sobiq amaldorlar bölgan. 

Tergov IEM rekonstruksiyasi vaqtida davlatga yetkazilgan ziyon 5 mlrd 439 mln sömni taşkil qilganini ma'lum qilgan. Sud jarayoni 9 oy davom etgan.

Sapar Isakov

6 dekabrda Bişkekning Sverdlov tuman sudi Sapar Isakovga nisbatan 15 yilga ozodlikdan mahrum qiliş, mol-mulkini musodara qiliş, diplomatik daraja va 3 yilga davlat idoralarida lavozimlar egallaş huquqidan mahrum qiliş hukmini çiqargan. 

Yana bir sobiq boş vazir Jantoro Satibaldiyev mol-mulkini musodara qiliş bilan 7,5 yilga ozodlikdan mahrum etilgan.

Jantoro Satibaldiyev

Salaydin Avazovga 11 yil 3 oylik, Oybek Kaliyevga 15 yillik qamoq jazosi tayinlangan. 

Jinoiy işning boşqa figurantlari ham aybdor deb topilgan, biroq jazoni deyarli ötab bölganlari sababli sud zalidan ozod qilinganlar.

2018 yil yanvarida butun Qirğiziston poytaxtini issiqlik va elektr bilan ta'minlaydigan Bişkek IEMda avariya sodir bölgandi. Avariyadan söng modernizatsiyasi 386 million dollarga tuşgan IEM atrofida mojaro kelib çiqqan. IEM böyiça şartnoma tuzişda korrupsiyaga yöl qöyganlikda ayblanib qator amaldorlar, jumladan, sobiq boş vazirlar Sapar Isakov va Jantoro Satibaldiyev hibsga olingan.