Hujjatga köra, Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 27 yilligi va boş qomusimizning 93-moddasi 23-bandiga köra ehtiyotsizlik oqibatida jinoyat sodir etgan, biroq qilmişidan çin yurakdan puşaymon bölgan va tuzaliş yöliga qat'iy ötgan 92 nafar mahbus afv etilgan.
Afv etilganlardan 20 nafari jazodan töliq ozod etiladi, 37 nafari — şartli ravişdan muddatidan avval ozod etiladi, yana 16 nafar şaxsga nisbatan belgilangan jazo yengilroğiga almaştiriladi, bir söz bilan aytganda, jazoni ijro etiş muassasalaridan hamda probatsiya xizmati organlari hisobidan çiqariladigan fuqarolar soni 73 nafarni taşkil etadi. Bundan taşqari, yana 19 nafar şaxsga nisbatan ozodlikdan mahrum etiş körinişida belgilangan jazo qisqartiriladi.
Afv etilganlar orasida 3 nafar erkakning yoşi 60 dan ortiq, 3 nafar ayol bor. 79 kişi muqaddam taqiqlangan taşkilotlar faoliyatida iştirok etişgan.
Qarorni ijro etiş doirasida vazirliklar va idoralarga afv etilgan şaxslarga oilasi va yaqinlari bağriga qaytiş, ijtimoiy moslaşuv, foydali mehnatga jalb qiliş, soğlom turmuş tarzini tanlaş va jamiyatda munosib örin egallaşda yordam körsatiş vazifasi yuklatilgan.

















