Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Meksikaning Argentinadagi elchisi do‘kondan kitob o‘g‘irlaganlikda ayblanmoqda
Meksikaning Argentinadagi elchisi Oskar Rikardo Valero Buenos-Ayresdagi do‘kondan kitob o‘g‘irlaganlikda ayblanayotgani sababli ortga chaqirtirib olinadi. Bu haqda Meksika tashqi ishlar vaziri Marselo Ebrard ma'lum qildi.
“Men axloq bo‘yicha qo‘mitadan Argentinadagi elchi bilan bog‘liq voqeani o‘rganishni iltimos qildim. Elchi mashhur do‘kondan kitob o‘g‘irlashda ayblanmoqda. Hozircha men unga uyga qaytishga ko‘rsatma berdim”, deb aytgan Ebrard.
Argentina poytaxtining eng mashhur diqqatga sazovor joylaridan sanaluvchi “Ateneo” do‘konida o‘rnatilgan kuzatuv kamerasi 76 yoshli elchi kitobni gazeta orasiga berkitib olib chiqmoqchi bo‘lganini qayd qilgan. U do‘kondan chiqishda qo‘riqchilar tomonidan to‘xtatilgan va politsiya bo‘limiga yetkazilgan. U yerda elchining shaxsi aniqlanib, so‘ngra qo‘yib yuborilgan.
“Agar videoyozuv chin bo‘lsa, elchi zudlik bilan bo‘shatiladi. O‘zini nohalol tutishga mutlaq yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi”, deb aytgan Meksika tashqi ishlar vaziri.
Ta'kidlanishicha, elchi o‘z lavozimini joriy yilning avgustida bajarishga kirishgan. U do‘kondan olib chiqib ketmoqchi bo‘lgan kitobning narxi 750 peso (12 dollar) turadi.
Mavzuga oid
15:40
JCh kundaligi. Yana fantastik o‘ynagan Jud, yana qiynalgan Argentina va Emboloda ahmoqona qizil
23:11 / 22.06.2026
Messi - jahon chempionatlari tarixidagi eng yaxshi to‘purar
10:00 / 15.06.2026
O‘qigan har bir kitob uchun uch kun: mahkumlar uchun yangi tartib tasdiqlandi
23:45 / 12.06.2026