Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afg‘oniston shimolida toliblar 40 nafar oqsoqolni o‘g‘irlab ketishdi
"Tolibon" harakati jangarilari Afg‘oniston shimolidagi Juzjon viloyati Fayzobod uyezdida 40 nafar oqsoqolni o‘g‘irlab ketishdi, deb xabar berdi Pajhwok.
Agentlikning xabariga ko‘ra, oqsoqollar mahalliy mudofaa otryadi komandirlaridan birining janoza marosimiga kelgan bo‘lgan.
Fayzobod uyezdi boshlig‘i Alaf Shoh Attay qariyalar qabilalar oqsoqollari bo‘lganini va kuch tuzilmalariga hech qanday aloqalari bo‘lmaganini ma'lum qildi.
Agentlikning qayd etishicha, mahalliy hokimiyat o‘g‘irlab ketilgan qariyalarni ozod qilish chorasini ko‘rmoqda.
Mavzuga oid
14:26 / 05.07.2026
Afg‘onistondan dronda narkotik olib o‘tishning oldi olindi
13:47 / 29.06.2026
Pokiston yana Afg‘onistonga hujum qildi
18:19 / 22.06.2026
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida aviaqatnovlar soni oshiriladi
09:05 / 17.06.2026