Özbekistonda yaqin beş yil içida turizmning YaIMdagi uluşini 30 foizga olib çiqiş mumkin, deb hisoblaydi Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi raisi maslahatçisi Behruz Hamzayev.
Hamzayev bu haqda «Ular» loyihasidagi intervyusida aytib ötdi.
«Nazarimda, faqatgina turizm sohasi Özbekistonni haqiqatda barqaror davlatga aylantira oladi. Töğrisini aytişimiz kerak, Özbekistonni biz aytayotgandek yuqori poğonalarga olib çiqa oladigan soha – yana bir qaytaraman – faqatgina turizm. Qişloq xöjaligi emas, paxta emas, neft-gazimiz emas.
Men raqamlarga işonadigan insonman. Mana, 2016 yilda 1,3 million, 2017 yil 2,7 million, 2018 yilda 4,9 million, 2019 yil 6,3 million turist kelyapti. Har yili ikki barobarga ösyapti. Faraz qiling, har biri yuz dollardan qoldirsa, ming dollardan qoldirsa...
Bugungi kunda YaIMimizda turizmning uluşi 1,2 foizdan 1,7 foizgaça xolos. Buni yaqin 5 yil içida 30 foizga olib çiqiş – real narsa. Yalpi içki mahsulotimizning 30 foiziga bunçalik tez sur'atda yaqin beş yil içida heç qaysi soha çiqa olmaydi», – dedi Hamzayev.
Mutaxassisning ta'kidlaşiça, turizm nafaqat iqtisodiy jihatdan foyda keltiradi, balki mahalliy aholining fikrlaş tarzini östirişga ham yordam beradi.
«Turizm – Özbekistonni buyuk davlatga aylantira oladigan soha. Oddiy misol, şu yil dunyo böyiça turizmdan keladigan daromad neft-gaz sanoati daromadi bilan bir xil.
Özbekistonda neft va gaz qazib olamiz, deb qança investitsiyalar olib kelinişi, qançalik sa'y-harakatlar qilinişini faraz qilib köring. Ammo bu pulni turizm orqali – ming yil oldin qurilgan narsani körsatişga imkoniyat yaratib beriş bilangina, xizmat körsatiş orqali işlab olişimiz mumkin.
Neft ham, gaz ham tugaydi. Uning ustiga, elektromobillar işlab çiqarilişi va muqobil energiya manbalari topilişi bilan bu soha öz ahamiyatini yöqotadi. Turizm esa tugamaydigan narsa. Turistik obektlarimizni saqlab qolsak bölgani, buning ortidan ançagina pul işlab ola olamiz.
Qolaversa, turizm – oddiy insonlarning hayotini yaxşilaydi, ularning çöntagiga pul keltiradi. Turizm orqali nafaqat daromad oliş, balki odamlarning ongi va dunyoqaraşini ham özgartirişga erişsa böladi. Odamlarni «hayot faqat töy, uy va Malibu`dan iborat emas ekan», deb öylaşga, boşqaça hayotiy maqsadlar qöyişga undaydi. Şuning uçun bu sohani yaxşi köraman, nima bölişidan qat'i nazar şu soha bilanman», – deydi Behruz Hamzayev.

















