Mamlakatga asosiy sayyohlar oqimi bir yoki bir neçta sanoqli davlatdangina bölib qolişiga yöl qöymaslik kerak, deya fikr bildirdi Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi raisi maslahatçisi Behruz Hamzayev «Ular» loyihasiga bergan intervyusida.

«Differensiatsiya tuşunçasi bor. Biz faqatgina bitta segment bilan, bitta davlat bilan çegaralanib qolmasligimiz kerak. Buning notöğri ekaniga eng katta misol – Gruziyaning holati.

Xabaringiz bölsa, yil boşida Rossiya va Gruziya örtasidagi muammolar... Gruziyaga 50 foiz turist Rossiyadan kelardi. Hozir yöq. Şu bois differensiatsiya juda muhim, bir davlatga qaram bölib qoliş heç qaçon yaxşi bölmagan. Mijozlar, turistlar nazarida ham bu notöğri.

Şu bois biz katta yoşlilar segmentini uşlab qoliş bilan birga unga qöşimça segmentlarni qöşişimiz kerak», – deya tuşuntirdi Hamzayev.

Turizm sohasi mutaxassisi Özbekistonga kelayotgan sayyohlarning asosiy qismi 50 yoşdan oşganlar ekaniga izoh berib, bu tendensiyaning ijobiy jihatlari va sabablari haqida gapirib ötdi.

«Bumerlar avlodi (1946-1964 yillarda tuğilganlar) – zör turistlar. Birinçidan, ular har doim guruh bölib sayohat qilişadi. Birdaniga 10-15 kişi kelgani yaxşi.

Ikkinçidan, mehnat qilib jamğarib qöygan pensiyalari bor – hisobida 200-300 ming dollar puli bor. Umrining qolgan qismini zör yaşay, deb, yoqqan narsasini oladi... «Uyga borib ipotekamni tölaşim kerak, qöy, şu öyma naqşli narsani olmay», demaydi. Bolalari, nevaralariga sovğa oladi.

Nimaga sayohatçilarning aksariyati bebi-bumerlar avlodi vakillari ekaniga töxtalsak, biz yopiq davlat bölganimiz uçun deyarli promouşn qilmaganmiz. Biz haqimizda biladigan insonlar – yoşi katta, Samarqand-Buxoro haqida öşa sovet ittifoqi paytida eşitgan odamlar. 1991 yildan 2016 yilgaça biz turistik promouşn bilan şuğullanmaganmiz, şuning uçun biz yangi qatlam, ya'ni milleniallarni yöqotdik. Milleniallar avlodi Özbekiston haqida bilmaydi», – deydi Hamzayev.

Uning qöşimça qilişiça, yoş sayyohlarni mamlakatga jalb etiş katta qiyinçilik tuğdirmaydi. Buning uçun yoş avlod vakillarining qiziqişlari va ular nimalarni köproq tomoşa qilişini e'tiborga oliş kerak.