Tifo Football YouTube-kanali Misr terma jamoasi va uning yetakçisi Muhammad Salohning Rossiyada ötgan JÇ-2018’dagi iştirokiga bağişlangan videoni e'lon qildi. Materialda misrliklar özlari musobaqa vaqtida maşğulotlar ötkaziş joyi sifatida tanlagan Grozniyda nimalar bilan şuğullanişgani haqida sözlangan.

Video muallifining ta'kidlaşiça, Saloh birinçi maşğulotga kelmagan, Çeçeniston rahbari mehmonxonaga futbolçining yoniga kelib, uni uyqudan uyğotib, şaxsan özi maşğulot bazasiga olib kelgan.

Materialda aytilişiça, Grozniyda Salohni şunçaki “suhbatini oliş” uçun bir neça bor uyqudan uyğotişgan.

Bugungi kunning eng yaxşi futbolçilaridan biri Salohga uni siyosiy maqsadlarda qöllaşlari yoqmagan, u özini noqulay his qilgan va ehtimol uşbu holat Misr termasining musobaqadagi nursiz iştirokiga sabab bölgan bölişi mumkin.

Saloh jahon çempionatida ikkita uçraşuvda iştirok etib, ikkita golga mualliflik qilgandi.