Qozoğiston prezidenti Qosim-Jömart Töqayev 13 iyun kuni turizmni rivojlantiriş böyiça “mamlakat tarixidagi eng keng kölamli yiğiliş”ni ötkazdi, deya xabar bermoqda Zakon.kz.

Naşrning yozişiça, Töqayev Qozoğistonda sayyohlar sonini kelgusi 5 yil içida 2-3 barobarga oşiriş vazifasini qöygan.

“Ommabop yönalişlarda loukosterlarning mavjudligini kengaytiriş kerak. Hozir Qozoğistondagi yölovçi aviataşuvlarida ularning uluşi bor-yöği 21 foiz. Taqqoslaş uçun, Gruziya va Ozarboyjonda bu körsatkiç mos ravişda 56 foiz va 37 foizni taşkil etadi”, – degan Töqayev.

Uning sözlariga köra, turizm sohasining Qozoğiston iqtisodiyotidagi uluşi oxirgi 4 yilda 3,7 foizdan 3,2 foizgaça kamayib ketgan. Qozoğiston prezidenti yiğilişda sohani isloh qiliş uçun ustuvor yönalişlarni sanab ötgan.

“Vazirlar Mahkamasi hokimliklar bilan birga kurort zonalarning muhandislik infratuzilmasi bilan ta’minlanganlik holati böyiça taftiş ötkazişi kerak. Turistik manzillarni muhandislik infratuzilmasi, xususan elektr energiyasi, kanalizatsiya, tozalaş inşootlari, içimlik suvi va kiriş yölaklari bilan ta’minlaş uçun alohida budjet dasturi işlab çiqiş zarur”, – degan Qosim-Jömart Töqayev.