"Dunyo" xabariga köra, muloqot çoğida Wizz Air aviakompaniyasining Özbekiston aviatsiya bozoridagi iştirokini kengaytiriş yuzasidan atrofliça fikr almaşildi.
Aviakompaniya Yevropa poytaxtlari va Özbekiston şaharlari örtasida töğridan töğri reyslarni yölga qöyişdan manfaatdor ekani ta’kidlandi.
Muzokaralar davomida, şuningdek, Wizz Air boş direktori Yozef Varadi boşçiligidagi delegatsiyaning Toşkent şahriga rejalaştirilgan safari muhokama qilindi.
Wizz Air loukoster aviakompaniyasi 2022 yil dekabr oyidan Abu-Dabidan Samarqandga, ötgan yilning yanvar oyidan esa Abu-Dabi – Toşkent – Abu-Dabi yönalişi böyiça muntazam reyslarni amalga oşirmoqda. Çiptalar bir tomonga 45 dollardan boşlanadi.
















