“Davergeodezkadastr” qömitasi tomonidan respublika böylab “Yer qonunçiligi buzilişiga qarşi keskin kuraş oyligi” ötkazilmoqda. 

Qömita matbuot xizmati mazkur oylik doirasida aniqlangan holatlar töğrisida ma'lumot berdi. 

Toşkent viloyati Zangiota tumani Özbekiston massivida “Foziljon Xurşidjon Fayz” fermer xöjaligiga tegişli 8 gektar yer maydonining 0,3 gektar suğoriladigan yerida fermer xöjaligi rahbari S.Raimqulov tomonidan özboşimçalik bilan quriliş işlari amalga oşirilganligi aniqlangan. Mazkur holat yuzasidan fermerga mahalla fuqarolar yiğini, kadastr bölimi, hokimiyat hamda prokuratura organlari tomonidan ogohlantirişlar berilgan.

Biroq şunga qaramasdan quriliş davom ettirilgan. Hokimiyat işçi guruh komissiyasining uşbu holat yuzasidan tayyorlagan hulosasiga köra sud organlariga da'vo arizalari taqdim etilgan. 

Hozirgi kunda yer uçastkasini oldingi holatiga qaytariş va ekin ekiş uçun tayyorlaş işlari olib borilmoqda. 

Şu tumandagi Harakat mahallasida boğdorçilik yerlarini nobud qiliş holati aniqlangan. Tadbirkor egalik qiliş huquqi tasdiqlanmaganligiga qaramasdan boğdorçilik yerlarida ekilgan daraxtlarni nobud qilib şu maydonda metall qabul qiliş şaxobçasini taşkil etgan. Mazkur yerning “egasi” esa “hujjatlar tayyorlaganman”, “qaror çiqişi uçun hokimiyatda turibdi” kabi bir qança bahonalarni peş qildi.

Yangiyöl tumani Tinçlik massivi zaxirasidagi suğoriladigan yer maydoni esa 12 nafar fuqaro tomonidan noqonuniy egallab olingan va quriliş işlari amalga oşirilgan. Mazkur holat yer nazoratçilari tomonidan aniqlanib hududiy boşqaruv organlariga xabar berilgan. Şundan söng taşkil etilgan işçi guruh komissiyasi tomonidan sud organiga da'vo arizasi kiritilib sud qaroriga köra noqonuniy qurilgan imoratni buzib unumdor yerni qişloq xöjaligiga qaytariş ta'minlangan.

Ikkinçi holatda esa N.Yusupov rahbarligidagi “Yusupov yoğ-moy” MÇJ ga tegişli bölgan suğoriladigan yer maydonida quriliş işlari amalga oşirilgan hamda Bözsuv kanaliga boğlangan zovur oqimi yönalişi noqonuniy tarzda özgartirilganligi aniqlandi. 

Tuman yer nazoratçilari hamda prokuratura organlari tomonidan ogohlantirişlarga qaramasdan uşbu yer uçastkasini örganiş davomida ustalar tomonidan hali ham quriliş işlari olib borilayotganligi aniqlangan.  

“Davergeodezkadastr” qömitasi Yerdan foydalaniş va uni muhofaza qilişni nazorat qiliş boşqarmasi boşliği Baxtiyor Normöminovning sözlariga köra, 2019 yil 1 yanvardan bugungi kungaça olib borilgan monitoringlar natijasida yerlar talon-toroj qilinganligi, yerlardan samarasiz foydalanişga oid 4 mingdan ortiq holat aniqlanib, ularni bartaraf etiş böyiça bir qança işlar amalga oşirilgan.