Inson manfaatlarini himoya qilish ijtimoiy taraqqiyotning muhim omili hisoblanadi. Aholi turmush sharoitini yaxshilashga hissa qo‘shish Xalq demokratik partiyasi oldida turgan eng asosiy vazifalardandir.

Hayotning o‘zi ko‘rsatayaptiki, bozor iqtisodiyoti sharoitida aholining ayrim qatlamlari davlat va jamiyatning aniq manzilli ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashiga ehtiyoj sezadi. O‘zXDP aynan ana shu qatlam manfaatlarini himoya qilishga bel bog‘lagan. Jizzax viloyatidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga Xalq demokratik partiyasidan ko‘rsatilgan nomzodlar bu boradagi kelgusi reja va maqsadlari haqida to‘xtalib o‘tishdi.

Ulug‘bek Qosimov, tarix, davlat va huquq asoslari, bank ishi, “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki Jizzax viloyati filiali boshlig‘i, 32-Jizzax saylov okrugidan nomzod:

– O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi ijtimoiy ahamiyatga molik tovar va xizmatlar narxlari va tariflari normativ hujjatlarda belgilangan me'yorlardan oshib ketmasligi uchun ushbu narxlarni shakllantirish ustidan qat'iy davlat va jamoatchilik nazoratini o‘rnatish tarafdori. Shundan kelib chiqib, import o‘rnini bosuvchi ijtimoiy ahamiyatga ega mahsulot ishlab chiqaruvchilarga import tovarlaridan olinadigan daromadlarning bir qismini imtiyozli kredit berishga yo‘naltirish tartibini joriy etish zarur.

Zulayho Akramova, pedagog, xalqaro munosabatlar magistri, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, 33-Do‘stlik saylov okrugidan nomzod:

– Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati sifatida aholi bilan ko‘p uchrashuvlar, muloqotlar o‘tkazdim. O‘rganishlar hamda tegishli ijtimoiy guruhlar bilan o‘tkazilgan muloqot natijalaridan kelib chiqib, amaldagi qonunchilikka davlat-xususiy sherikligi hamda ijtimoiy tadbirkorlik asosida aholiga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishning aniq protsessual mexanizmlarini kiritishni nazarda tutuvchi takliflar ishlab chiqish hamda ularni partiyaning parlamentdagi fraksiyasi orqali qonunchilik tashabbusi sifatida ilgari surishni maqsad qilganman.

Mukadas Urazaliyeva, shifokor, Zomin tibbiyot kolleji direktori, 34-Zomin saylov okrugidan nomzod: