Tahririyatga Buxoro viloyatining Vobkent tumanidagi «Özbakon» mahallasida joylaşgan Amu-Buxoro kanali ustidagi köprikning abgor holati haqida murojaat kelib tuşdi.
«Uşbu köprik ikki tuman — Buxoro va Vobkent tumanlarini boğlaydi: har kuni minglab odam ötadi. Maktab, kasalxona, deganday.


Lekin köprikning ahvoli juda-juda xavfli. Qörqadiganim — özim şahar markazida işlayman, ikki farzandim maktabga qatnaş uçun kuniga kamida ikki bor şu köprikdan ötadi. Xudo körsatmasin, agar... Öylaşgayam qörqasan kişi.
Köprik ahvolini yaxşilaş na rahbarlar, na hozirgi amaldagi deputatlar, na nomzodlarning xayolida bor. Vaholanki, kanal yilning kamida 250 kunida vajohat bilan tölib oqadi.

Aholi tomonidan mutasaddi rahbarlarning hammasiga murojaat qilingan. Yozişmalar ham bor.


Murojaatlardan söng mutasaddi rahbarlarlar suratda tasvirlanganidek, köprik oldini tuproq bilan töldirib (heç kim ötmasin, degan ma'noda), harakatlaniş taqiqlanişi töğrisidagi yöl belgisini örnatib ketişdi, xolos. Lekin baribir xalq ötadi. Çunki aylanib keliş uçun 5 kilometrga yaqin yöl bosiş kerak.


Köprikni tuzatiş uçun heç qanday harakat yöq. Homiylik bilan qilamiz, desak ruxsat berişmaydi.
Çekka qişloqlar dardlari birovni qiziqtirmaydi, şekilli», — deb yozadi murojaatçi.

















