Adliya vaziri örinbosari Xudoyor Meliyev «Özbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarşi kuraş: yutuqlar va ustuvor vazifalar» mavzusida ötkazilgan xalqaro media-forumda Özbekistonda korrupsiyaga qarşi kuraş dolzarb masala ekaniga töxtaldi.
«Korrupsiyaga qarşi turiş, korrupsiyaga qarşi samarali siyosat yuritiş mamlakatimiz uçun eng dolzarb masala bölib qolyapti. Şu bilan birgalikda, şuni tan oliş kerakki, korrupsiya köplab mamlakatlar uçun muammo hisoblanadi va Özbekiston ham bundan mustasno emas.
Turli xalqaro reytinglardagi Özbekistonning joylaşgan örni ham bu haqda guvohlik bermoqda. Xususan, Transparency International taşkilotining Korrupsiyani idrok etiş indeksi reytingi (reytingda Özbekiston 158-örinda joylaşgan). Şu sababdan Özbekiston uşbu dolzarb muammoni kompleks yondaşuvni qöllagan holda hal etişga kirişdi», deya Xudoyor Meliyevning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Vazir örinbosari öz nutqi davomida Davlat xizmatlari markazlarida körsatilayotgan davlat xizmatlari statistikasini keltirdi.
«Adliya vazirligi huzurida faoliyatining muhim yönalişlaridan biri moslaşuvçan, qulay, şaffof davlat xizmatlarini körsatiş orqali byurokratizm va korrupsiyaga barham beriş bölgan Davlat xizmatlari agentligi taşkil etildi. Hozirgi kunda Davlat xizmatlari markazlari tomonidan 129 turdagi davlat xizmatlari körsatilyapti. 2020 yilga borib Davlat xizmatlari markazlari orqali körsatilgan davlat xizmatlari miqdori 160taga yetadi.
2019 yilning özida 9,5 milliondan ortiq davlat xizmatlari körsatildi. Bu 2018 yil körsatkiçidan 2 marta köproq», deydi Xudoyor Meliyev.

















