Toşkent şahrida 9 dekabr - «Xalqaro korrupsiyaga qarşi kuraş» kuniga bağişlangan «Özbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarşi kuraşiş islohotlari: yutuqlar va ustuvor vazifalar» mavzusida xalqaro media-forum bölib ötmoqda.

Tadbirda Boş prokuratura, Adliya vazirligi va boşqa qator vazirlik va idoralarning mas'ul xodimlari, fuqarolik jamiyati institutlari,  ommaviy axborot vositalari vakillari hamda xalqaro ekspertlar iştirok etişyapti.

Tadbirni oçiş vaqtida sözlagan nutqida Özbekiston Respublikasi Boş prokurori örinbosari Erkin Yöldoşev korrupsiyaga qarşi kuraşişning dolzarb jihatlariga töxtalib ötdi.

«Şubhasiz, korrupsiya muammosi har qanday davlat uçun muhimdir. Korrupsiya - biznes muhitini buzadi, davlatning imkoniyatlarini pasaytiradi, mamlakatning orzusiga ta'sir körsatadi. 

Şu sababli, korrupsiya darajasini keskin pasaytiriş albatta mamlakatning oldida turgan strategik vazifadir. 

Mazkur vazifani bajariş mamlakatda mulk huquqini himoya qiliş, şuningdek, huquqiy tizimni mustahkamlaş va tadbirkorlar erkinligini kengaytiriş bilan boğliq», deya Erkin Yöldoşevning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.