12 dekabr kuni siyosiy partiyalar vakillari va Özbekistondagi xorijlik diplomatlar örtasida davra suhbati bölib ötdi. Unda AQŞ, Buyuk Britaniya va Janubiy Koreya elçilari hamda BMTning Özbekistondagi boş koordinatori qatnaşdi.

Uçraşuvda diplomatlar Oliy Majlis deputatligi uçun nomzodlarga özlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildi. BMT vakili Helena Freyzerning Özbekistonda OAV erkinligini ta'minlaş borasida deputatlarning örni qandayligi böyiça savoliga ÖzLiDeP fraksiyasi a'zosi, deputat Rasul Kuşerbayev javob qaytardi.

«Birinçi navbatda, infrastruktura bilan boğliq muammo bor. Ayni vaqtda internet naşrlar ança jadallaşib rivojlanyapti. Lekin hozirça çekka hududlarni internet tarmoği bilan qamrab olişning imkoni bölmayapti. Yaqinda hukumatga bir yil içida barça aholi punktlaridagi maktablarni optik tolali internet bilan ta'minlaş talabini qöygandik. Hamma qişloqlarda maktablar bor, agar ular internetga ulansa, aholining internet bilan qamrab olinişi oşadi. Hukumat bu talabni qondirişni öz zimmasiga oldi.

Qonunlarga keladigan bölsak, jurnalistlar erkinligi huquqiy ta'minlangan. Lekin ularga nisbatan qöllanayotgan çeklovlar bölsa, mas'ullar tomonidan javobgarlikni kuçaytiriş va muqarrarligini ta'minlaş masalasi muammo bölib turibdi. Şuning uçun kelajakda deputatlar jurnalist faoliyatiga xalaqit berganlik, bosim ötkazganlik, tösiq qöyganlik uçun jinoiy javobgarlikka sabab böliş masalasini jinoyat kodeksiga kiritib berişi kerak. Bu deputatlarning töğridan-töğri işi, deb öylayman.

Jurnalistlarga bosim ötkazgan şaxs kim bölişidan qat'i nazar qonun oldida javob berişi şart, keçirim sörab qutulişi kerakmas. Bu borada joylardagi hokimlardan umuman qoniqmaganman», deya deputatning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri. 

 

Davra suhbati davomida Rasul Kuşerbayev BMTning «Nogironlar huquqlari töğrisida»gi Konvensiyasini Özbekiston nima sababdan hanuz ratifikatsiya qilmayotgani haqidagi savolga javoban uşbu xalqaro hujjat ratifikatsiyasiga qarşiligini aytdi.

«Sönggi 5 yil içida bu ratifikatsiya haqida eşitganim yöq. Bu xalqaro hujjatni qabul qilişdan oldin yaxşilab hisob-kitobini yuritiş kerak. Xarajatlar qaysi manbadan qoplanişi aniqlanişi zarur. Agar bu harakat tadbirkorlar uçun qöşimça xarajat talab qiladigan bölsa, ratifikatsiyani yanayam keçiktiriş lozim. Hujjatni heç qanday hisob-kitoblarsiz qabul qilamiz deyiş oson. Bundan kim qiynaladi? Tadbirkorlar asosiy soliq tölovçilar qatlami hisoblanadi. Şuning uçun, albatta, ular bilan maslahat qiliş kerak. Budjetga kim köp mablağ tuşiradigan bölsa, öşaning (tadbirkor -