12 dekabr kuni siyosiy partiyalar vakillari va Özbekistondagi xorijlik diplomatlar örtasida davra suhbati bölib ötdi.

Unda AQŞ, Buyuk Britaniya va Janubiy Koreya elçilari hamda BMTning Özbekistondagi boş koordinatori qatnaşdi.

Kun.uz muxbirining xabar berişiça, tadbirda bunday formatdagi davra suhbati Özbekiston tarixida ilk marta ötkazilayotgani ta'kidlangan.

Davra suhbati MSKning Xalqaro matbuot markazida ötkazildi

Uçraşuvda diplomatlar Oliy Majlis deputatligi uçun nomzodlarga özlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildi. Xorijlik har bir delegat navbatma-navbat tarzda 3-4tadan savol bilan özbek siyosatçilariga yuzlandi.

Jumladan, AQŞning Özbekistondagi favqulodda va muxtor elçisi Deniyel Rozenblyum partiyalar vakillariga deputatlikka nomzodini qöyişlari uçun nima turtki bölgani, ular vakil bölayotgan öz hududlaridagi aholi muammolarini qanday hal etmoqçiligi, partiyalarning taşqi siyosat borasidagi fikrlari bilan qiziqdi.

Deniyel Rozenblyum

Uning «Siz partiyani tanladingizmi yoki partiyalar sizlarga a'zolik böyiça taklif bilan çiqişganmi?» deya bergan savoliga beşta partiya vakilidan uç nafari taşabbus partiyalardan çiqqanini bildirdi.

Amerikalik diplomatning taşqi siyosat böyiça savoliga javoblar esa Yevroosiyo Iqtisodiy Ittifoqi va Jahon Savdo Taşkilotiga a'zolik masalalariga ulanib ketdi. Törtta partiya YeOIIga qöşiliş borasida ijobiy fikr bildirgan bölsa, «Milliy tiklaniş» hozirça bu borada örganişlar davom ettirilişi lozim, deb hisoblaşini bildirdi.

Janubiy Koreyaning Özbekistondagi favqulodda va muxtor elçisi Kan Çje Kvon ham amerikalik hamkasbining savolini davom ettirib, partiyalar öz nomzodlarini parlament a'zoligiga ularning qaysi fazilat va sifatlari uçun ilgari surgani, umuman deputatlik uçun nomzodlar qanday umumiy mezonlar asosida saralab olingani haqida savol berdi.