2020 yilda köp tarmoqli fermer xöjaliklari ekoturizmni rivojlantiriş va maktabgaça ta'lim taşkilotlarini taşkil etiş bilan ham şuğullanadi.

“Kelgusi yilda 22ta yönaliş böyiça 11,957ta fermer xöjaligi köp tarmoqli tizimga ötkaziladi. Yil davomida 2,2 trln söm mablağ asosida 12,4787ta loyiha amalga oşiriladi. Natijada 41 mingdan ortiq kişining iş bilan bandligi ta'minlanadi”, − deydi qişloq xöjaligi vaziri örinbosari Şuhrat Teşayev Senatning 25-yalpi majlisida.  

Vazir örinbosariga köra, 2020 yilda köp tarmoqli fermer xöjaliklarini taşkil etiş dasturiga asosan, fermer xöjaliklari ekoturizmni rivojlantiriş va maktabgaça ta'lim taşkilotlarini taşkil etiş bilan şuğullanadi.

“43ta fermer xöjaligi tomonidan 3500 öringa ega boğça taşkil etiladi”, − deya Şuhrat Teşayevning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

2020 yilda köp tarmoqli fermer xöjaliklarini taşkil etiş dasturiga köra, fermer xöjaliklarining moliyaviy holati böyiça tijorat banklaridan tavsiyalar olindi, qişloq xöjaligi sohasidagi har bir loyiha hududning xususiyatlaridan kelib çiqqan holda işlab çiqildi, loyihalar uçun kredit ajratilişi kafolatlandi.

Mazkur dastur Senatning 25-yalpi majlisida ma'qullandi.