Ingliz tili dunyoda eng köp tarqalgan til hisoblanadi – bu tilda sözlaşuvçilar soni taxminan 1,5 milliard kişini taşkil etadi. Ta'kidlaş kerakki, ularning aksariyati uçun ingliz tili ona tili emas, balki ikkinçi tildir.

«EF Education First» xalqaro ta'lim kompaniyasi hisobotiga köra, ingliz tili ona tili bölmasa-da, unda hammadan ham ravon sözlaşa oluvçilar – Şimoliy Yevropa xalqlaridir.

Reytingda Niderlandiya birinçi örinda qayd etilgan bölsa, undan keyingi örinlarda Şvetsiya, Norvegiya va Daniya körsatilgan.

Yuzta davlat kiritilgan röyxatda Özbekiston – 95-poğonada. Özbekistonliklar yuz ballik testdan örtaça 43,18 ball olişgan. Natija bir yil oldingiga qaraganda 0,65 punktga yaxşilangan xolos.

Özbekistondan keyin Kot-d’Ivuar, Iroq, Saudiya Arabistoni, Qirğiziston va Liviya yuzlik reytingni yakunlab beradi.

Mazkur natijalarni mukammal va haqiqiy holatni aks ettiradi, deb bölmaydi. Indeks bepul onlayn-test natijalariga asoslangan. Yuzta mamlakatdagi 2,3 million köngilli bu testdan ötgan. Test topşirganlar – şunday istagi, internetga ulaniş imkoni va buning uçun vaqti bölgan kişilardir. Bu esa natijalar boyroq mamlakatlar foydasi uçun ijobiy bölganini anglatadi. Natijada köplab Afrika mamlakatlarida indeksga kiritiş uçun zarur bölgan miqdor – kamida 400 kişi ham testdan ötib körmagan.

Şunday kamçiliklar bilan ilmiylikka da'vo qila olmasa-da, EF natijalari qiziq faktlarni taqdim etgan. Bu yil imtihon topşirganlarning salkam oltmiş foizi – ayollar. Ayollar har doim erkaklarga qaraganda yaxşiroq natija körsatib kelgan, biroq bu yilda erkaklar örtadagi tafovutni biroz qisqartirişdi. Bu – ayollarning ingliz tili könikmalari yomonlaşgani emas, balki sinovdan ötuvçilar sonining köpaygani bilan boğliq bölişi mumkin.

Iqtisodiyoti rivojlangan Yevropada natijalar hayratlanarli darajada yomon: faqat Germaniyagina «aholisining ingliz tili böyiça malakasi öta yuqori» mamlakatlar qatoriga kirgan.