Joriy yilning 13 dekabr kuni Özbekistonning Amerika poytaxtidagi elçixonasi AQŞ ğarbiy sohilidagi eng katta masjid - Virjiniya ştati, Sterling şahridagi Dalles musulmon jamoatçilik markazi (ADAMS Center)da brifing ötkazdi. Uşbu tadbir juma namozi doirasida taşkil etildi. Unda 800 nafardan ortiq kişi iştirok etdi.
Juma namozida mamlakatning AQŞdagi elçisi Javlon Vahobov çiqiş qilib, Qöşma Ştatlar musulmonlari uçun Özbekistondagi ziyorat turizmining ulkan imkoniyatlari haqida sözlab berdi. Özbekistonlik diplomat juma namozida mamlakatning boy tarixiy-madaniy merosi, an'anaviy islomiy qadriyatlarni jamiyatda saqlaş va tarğib qiliş, şuningdek, mamlakatda diniy erkinlikni ta'minlaş böyiça körilayotgan çora-tadbirlar töğrisida batafsil ma'lumot taqdim etdi.
Masjid boş imomi, ADAMS markazi rahbari Imom Majid namozxonlarga murojaat qilib, respublika rahbariyati tomonidan islom dini ğoyalarini tarğib qilişga katta ahamiyat berilayotganini e'tirof etdi. «Özbekiston islomning asl mohiyatini saqlab qolib, uni öqitişning ilğor tajribalarini joriy etiş, malakali mutaxassislar - islomşunos olimlar tayyorlaş böyiça kuçli özbek maktabini yaratişga muvaffaq bölgan mamlakat sifatida jahon hamjamiyati uçun namuna», - dedi u.
Imom Majidning ta'kidlaşiça, «Özbekiston asrlar davomida bunyod etiş muhiti hukmron bölgan, yetakçi olimlar işlagan, ilğor ilmiy işlar işlab çiqilgan islom sivilizatsiyasining marvarididir». U Imom al-Buxoriyning, Al-Xorazmiyning, Ibn Sinoning hissasini alohida qayd etib ötdi.
Amerikalik imomga köra, AQŞ musulmonlar jamoatçiligi orasida milliy turistik brendni yanada ommalaştiriş uçun mustahkam asos bölgan bir qator omillar mavjud. Imom Majidning fikriça, Özbekiston avvalambor qadimiy şaharlarning boy me'moriy merosiga ega. Ikkinçidan, mamlakatda köplab bebaho qölyozmalar saqlanmoqda, şu jumladan Usmon Muşafi. Uçinçidan, respublikada islomiy ta'limotning institutsional asoslari yaratildi. Törtinçidan, hukumat ziyorat turizmini rivojlantiriş mexanizmlarini faol joriy etmoqda. Beşinçidan, «Özbekiston dunyoga keng oçilmoqda».
Juma namozidan söng Imom Majid bilan alohida uçraşuv bölib ötdi. Muzokaralar çoğida amaliy hamkorlikni rivojlantiriş masalalari muhokama qilindi, jumladan, amerikalik musulmonlar guruhlarini muntazam ravişda Özbekistonga yuboriş masalasi körib çiqildi.

















