Özbekistonda prokuror, suriştiruvçi yoki tergovçining jinoyat işini qözğatiş, jinoyat işi qözğatişni rad etiş, taftiş tayinlaş, suriştiruv yoki dastlabki tergovni töxtatiş va jinoyat işini tugatiş haqidagi qarorlari ustidan manfaatdor şaxslar tomonidan bevosita sudga şikoyat qiliş tartibi joriy etiladi.

Konstitutsiya va qonun ustuvorligini ta'minlaş, bu borada jamoatçilik nazoratini kuçaytiriş hamda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltiriş böyiça çora-tadbirlar dasturida aytilişiça, 2020 yil aprel oyiga qadar bu borada tegişli qonun loyihasi işlab çiqiladi. Ijro uçun mas'ullar - Oliy sud (Komilov), Boş prokuratura (Yöldoşev), DXX (Azizov), IIV (Bobojonov), Adliya vazirligi (Davletov).

Şuningdek, huquqni çeklaydigan protsessual majburlov çoralarini qöllaş, jumladan şaxsni uşlab turiş holatlarini hisobga oladigan yagona elektron tizimni yaratiş çoralarini köriş möljallanmoqda.

Protsessual harakatlarni amalga oşiriş doirasida yagona elektron tizimdan majburiy foydalaniş tartibi ham joriy qilinadi.