Katta shaharlar aholisi yashash va harakatlanish qulayliklariga allaqachon o‘rganib bo‘ldi. Biz samolyotlarda uchib, yuqori qavatlarga lift orqali chiqamiz, xonadonlarimizga gaz, elektr va issiq suv bilan ta'minlangan. Ba'zi insonlar o‘z hayotini shu qulayliklarsiz tasavvur qila olmasligi ajablanarli emas. Ammo ayni vaqtda sayyoramizda sivilizatsiya yaratgan imkoniyatlardan yiroqda bo‘lgan, borish qiyin va deyarli yo‘l ko‘rinmaydigan o‘lkalarda istiqomat qilayotgan odamlar ham bor.
Masalan, Hind okeanidagi Sokotra orolida yashaydigan o‘n minglab kishilar jamoat transporti haqida tasavvurga ham ega emas, chunki ularda faqat ikkita yo‘l bor.

Peruning tog‘li La Rinconada shahrida 30 ming kishi istiqomat qiladi. Ularning uylari shundoqqina muzlik ustida joylashgan va kanalizatsiya ham yo‘q. Mahalliy aholi shaxtalarda simob qazib olish bilan shug‘ullanadi.

Tibet mintaqasida joylashgan Medog okrugi aholisi taxminan 10 ming kishini tashkil qiladi. 2013 yilgacha bu yerdagi yo‘llar juda yomon edi. Odamlar o‘z uylariga yetib olish uchun 100 metr balandlikdagi davomiyligi 200 metr bo‘lgan ko‘prikdan o‘tishlari kerak bo‘lgan. Xitoyning bu olis burchagida doimiy ravishda zilzilalar kuzatiladi, shuning uchun bu yerda qurilgan magistral yo‘l yaroqsiz holga kelib qolaveradi.

Norvegiyaning 2000 kishi istiqomat qiladigan Longyir aholi punkti qutb doirasining ichkarisida joylashgan. Punkt o‘z hududidagi Jahon urug‘ zaxirasi sababli mashhur bo‘lib, butun sayyoramizning o‘simliklari urug‘lari ehtimoliy falokat yuz bergan taqdirda tiklash uchun saqlanadi.
Dunyoning eng ishonchli zaxira omborlari
Taxminan 5000 kishi istiqomat qiladigan Pasxa oroliga yetib borish uchun ham juda ko‘p vaqt talab etiladi — u quruqlikdan eng uzoq orollardan biri hisoblanadi. Tinch okeanidagi ushbu kichik yer maydoni o‘zining noyob tosh shakllari bilan tanilgan.





















