Komil Allamjonov: Mansabdorlarning jurnalistlarga nisbatan noqonuniy xatti-harakatlaridan himoya qilish tizimi kuchaytiriladi
O‘zbekiston prezidenti tuhmat va haqorat uchun ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lgan normani bekor qilish, jurnalistlarni davlat organlari va mansabdor shaxslarning noqonuniy harakatlari yoki qarorlaridan himoya qilish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Konstitutsiya va qonun ustuvorligini ta'minlashga qaratilgan qaror imzoladi. Bu haqda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori Komil Allamjonov o‘zining Telegram-kanalida ma'lum qildi.
Kuni kecha Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Konstitutsiya va qonun ustuvorligini ta'minlashga qaratilgan qaror imzoladilar.
Hujjatda Agentligimiz zimmasiga ham bir qator muhim vazifalar yuklatilgan. Xususan:
- tuhmat va haqorat uchun ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lgan normani bekor qilish masalasi ko‘rib chiqiladi;
- sud tizimida shaffoflikni va jamoatchilik nazoratini yanada kuchaytirish maqsadida jurnalistlar va fuqarolarning ochiq sud majlislarida ishtirok etishi, sudlarning veb-saytlari va matbuot kotiblari ishini yaxshi tashkil qilish bo‘yicha Oliy sud Plenumining qarori qabul qilinadi;
- hamon og‘ir ahvolda qolayotgan bosma nashrlar borasida — davlat organlari muassis bo‘lgan bosma OAVlarini kuchaytirish, tahririyat xodimlarining mehnatiga haq to‘lashni yaxshilash hamda bosma nashrlar veb-saytlarini rivojlantirishga qaratilgan Hukumat qarori loyihasi ishlab chiqiladi;
- «Teleradioeshittirishlar to‘g‘risida»gi qonun ishlab chiqiladi va «Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida»gi qonunga o‘zgartishlar kiritiladi. Shu jumladan, tele- va radiostansiyalarga litsenziya berish jarayoni soddalashtiriladi hamda davlat organlari va mansabdor shaxslarning jurnalistlarga nisbatan noqonuniy xatti-harakatlari yoki qarorlaridan himoya qilish tizimi kuchaytiriladi;
- O‘zbekistondagi barcha davlat organlari faoliyatining ochiqligini, ularning OAV bilan aloqalarini kuchaytirish bo‘yicha choralar ishlab chiqamiz.
Ushbu qaror mamlakatimizda qonun ustuvorligi hamda so‘z va matbuot erkinligini ta'minlash yo‘lidagi, ularni yangi bosqichga olib chiqadigan muhim va dadil qadam bo‘ladi. Bu asnoda Agentligimiz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi ta'minlanadi.
Tavsiya etamiz
Zelenskiydan mamnun, Rossiya zarbalaridan hafsalasi pir bo‘lgan. Trampning oxirgi bayonotlaridan asosiy gaplar
Jahon | 16:21 / 28.04.2025
Turkiyalik erkak operatsiyadan keyin ona tilini unutib, boshqa tilda gapirishni boshladi
Jahon | 19:42 / 27.04.2025
Havo isib ketishi va qurg‘oqchilikka tayyor turishimiz kerak – Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 15:55 / 26.04.2025
Muddat qo‘yuvchi Tramp: buning oxiri bormi?
Jahon | 22:09 / 24.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
G‘azoda otishmalar ostida tarqatilayotgan taom, AQSh harbiy uchog‘ini qulatgan husiychilar va «kelajak shahri»ni tortolmayotgan Saudiya - kun dayjesti
Jahon | 14:41
-
To‘rtko‘l tumaniga yangi hokim tayinlandi
O‘zbekiston | 14:25
-
Toshkentda mast holatda mashina olib qochgani aytilgan sudya lavozimidan ozod qilindi
O‘zbekiston | 13:59
-
Zo‘ravonlik sodir etishga moyil bo‘lgan pedagog xodimlar ro‘yxati shakllantiriladi
O‘zbekiston | 13:51
Mavzuga oid

15:04 / 21.02.2025
Komil Allamjonovning yordamchilari Oliy sudda oqlandi

14:36 / 12.02.2025
«5 oy ichida o‘zimdan o‘tgani o‘zimga, eng yaqinlarimga ayon» - Komil Allamjonov

14:16 / 12.02.2025
Prezident davlat xavfsizlik xizmati sobiq mulozimi Shuhrat Rasulov 23 yilga qamaldi

13:34 / 12.02.2025