Markaziy saylov komissiyasi raisi örinbosari Mahmud Istamovga köra, Oliy Majlis Qonunçilik palatasi hamda mahalliy kengaşlar deputatligiga nomzod saylovga tört kun qolgunga qadar nomzodlikdan voz keçişi mumkin. Buning uçun tegişli viloyat, tuman, şahar saylov komissiyasiga ariza bilan murojaat qilişi kifoya. Bunday hollarda saylov byulletenlari qayta çop etilmaydi.

Mahmud Istamov

«Agar qaysidir nomzod öz nomzodidan voz keçadigan bölsa, saylov byulletenini çop etişning imkoniyati yöq. Bunday holatda okrug yoki uçastka saylov komissiyalari tomonidan kök rangli ruçkada byulletendagi nomzodning ism-familiyasi ustidan çiziq tortiş orqali öçiriladi», deydi Mahmud Istamov.

Markaziy saylov komissiyasi raisi örinbosarining ta'kidlaşiça, 12–18-dekabrda ötkaziladigan muddatdan oldin ovoz beriş jarayonida saylovda qatnaşişdan voz keçgan nomzodga ovoz bergan bölsa, bu byulleten haqiqiy emas deb topiladi.

Tadbirda «Milliy tiklaniş» partiyasi tomonidan 63-Kattaqörğon saylov okrugidan Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputatligiga nomzod etib körsatilgan Sobir Şukurov hamda «Adolat» sotsial demokratik partiyasi tomonidan 54-Norin saylov okrugidan Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputatligiga nomzod etib körsatilgan Abduvali Mavlonov öz arizasiga muvofiq nomzodlar röyxatidan çiqarildi.

«63-Kattaqörğon hamda 54-Norin okrug saylov komissiyalari joylaşgan barça saylov uçastkalariga tarqatilgan byulletenlarda körsatilgan uşbu nomzodlarning familiyasi, ismi va otasining ismi yozilgan satr ustiga kök rangli ruçkada töğri çiziq tortib öçiriş yöli orqali röyxatdan çiqarişni ta'minlaş vazifasi yuklatilyapti. 22 dekabr kuni mazkur ikki saylov okrugi hududidagi uçastka saylov komissiyalari tomonidan ovoz beriş natijalarini sanab çiqişda uşbu nomzodlar uçun muddatidan oldin berilgan ovozlar, ya'ni byulletenlar haqiqiy emas deb topiladi», deydi MSK a'zosi Suyarjon Qurbonqulov.