Oliy sud raisi: «Bir-birimizni cho‘qish emas, birga ishlashimiz kerak»

Foto: KUN.UZ
O‘zbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasining «Zarafshon» zali Media hall’ida «Yangi O‘zbekiston - yangi saylovlar» munozara klubining navbatdagi tadbiri bo‘lib o‘tmoqda.
«Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta'minlash - mamlakat taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi» mavzusidagi tadbirda sud hokimiyati mustaqilligining konstitutsiyaviy tamoyiliga rioya etilishini ta'minlash, sud-tergov jarayonida fuqarolarning huquq va erkinliklari kafolatlarini kuchaytirish, advokatning dalillar to‘plash va taqdim etish huquqini kengaytirish, ularning kafolatlarini ta'minlash, jinoiy va jinoiy-protsessual qonun hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish, shu jumladan, iqtisodiy jinoyatlar sohasidagi normalarni erkinlashtirish kabi masalalar yuzasidan fikr almashilmoqda.
Oliy sud raisi Kozimjon Komilovning so‘zlariga ko‘ra, jurnalistlar o‘rtasida sud sohasi bo‘yicha mutaxassis deyarli yo‘qdir.
«Sud mustaqil bo‘lishi kerakligi haqida ko‘p gapirilyapti. Biz jurnalistlarni ochiq muloqotga chaqirib kelyapmiz. Jurnalistlar o‘rtasida soha bo‘yicha mutaxassisning o‘zi yo‘q. Shanba kuni ochiq eshiklar kuni sifatida e'lon qilindi, lekin hech kim kelmadi. Hozir hamma yo‘l sudga olib kelyapti.
Suddan ochiqroq biror tashkilot bormi? Lekin, uning ham o‘z me'yori bo‘lishi kerak. Masalan, ma'lum toifadagi ishlarda hech kim ishtirok etolmaydi. O‘z navbatida, advokatlarga to‘siqlik yo‘q, qayerda buncha imkoniyat berilgan? Birga ishlashimiz kerak, bir-birimizni cho‘qish emas, balki birga harakat qilishimiz lozim. Sud mustaqilligining buzilishi bo‘yicha fakt bilan gapirish kerak», - dedi Kozimjon Komilov.
Tavsiya etamiz
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
O‘zbekistonliklarni haqoratlagan tiktoker qamoqqa olindi
Jamiyat | 09:52 / 10.04.2025
Xitoy o‘z fuqarolarini AQShga bormaslikka chaqirdi
Jahon | 22:59 / 09.04.2025
Savdo urushlari: Trampning maqsadi nima?
Jahon | 19:21 / 09.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Britaniya O‘zbekistondagi loyihalarga investitsiya kompaniyalarini jalb qilishga ko‘maklashadi
O‘zbekiston | 14:14
-
2024 yilda Rossiyaga sanksiya ostidagi tovarlarni olib kirish keskin kamaydi
Jahon | 13:55
-
Rossiya hujumidan keyin Dniproda kamida sakkiz kishi jarohat oldi
Jahon | 13:40
-
Yetakchi institutlar Germaniyaning iqtisodiy o‘sish prognozini pasaytirdi
Jahon | 13:39
Mavzuga oid

20:44 / 27.02.2025
Prezident sud binolarini ko‘paytirish, odamlar uchun sharoit yaratishni buyurdi

21:14 / 24.02.2025
Qobil Do‘sov yana bir jinoyat ishida aybdor deb topildi

18:31 / 04.02.2025
2024 yilda hokimlarning mingga yaqin qarori haqiqiy emas deb topildi

18:20 / 25.01.2025