Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda Rossiyaning yana bir universiteti filiali tashkil etilishi mumkin
Joriy yilning 17 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligida vazir o‘rinbosari Uzoqboy Begimqulov Moskva davlat geodeziya va kartografiya universiteti rektori Nadejda Kaminina boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligiga ko‘ra, uchrashuvda Moskva davlat geodeziya va kartografiya universitetining O‘zbekistondagi filiallarini ochish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.
Jumladan, Rossiya universitetining mamlakatimizda tashkil etilishi rejalashtirilayotgan filiallarining huquqiy maqomini belgilash, o‘quv jarayonlarini yo‘lga qo‘yish, bitiruvchilarga beriladigan diplomlarning yuridik maqomi hamda bitiruvchi talabalarni ish bilan ta'minlanish va shu kabi masalalarga to‘xtalib o‘tildi.
Muzokaralar yakunida tomonlar geodeziya va kartografiya sohasi uchun hamkorlikda kadrlar tayyorlashni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ishlarni jadallashtirishga kelishib olishdi, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
09:00
Rossiyaning ommaviy hujumi: Kiyevda 4, Xarkivda 5 kishi halok bo‘ldi
08:59
Zelenskiy G7 sammitida Tramp bilan uchrashishini ma’lum qildi
10:02 / 13.06.2026
Ukraina armiyasida keng ko‘lamli islohotlar boshlandi
18:11 / 12.06.2026