Favqulodda vaziyatlar vazirligi Toşkent metropoliteni Yunusobod yölining yangi qurilayotgan qismida vujudga kelgan favqulodda holat böyiça bergan qöşimça ma'lumotida vazirlik va idoralar tomonidan holatni zudlik bilan bartaraf etiş işlari davom ettirilayotganini ma'lum qildi. 

«Qidiruv va qutqaruv işlari natijasida tuproq ostidan yana bir kişining jasadi olib çiqildi va uning şaxsi aniqlandi.
1.D.Abdullayev – 1999 yilda tuğilgan.
Hodisa sabablari va oqibatlarini örganiş va bartaraf qiliş işlari davom etmoqda», deyiladi FVV xabarida.

Bundan avvalroq Favqulodda vaziyatlar vazirligi tuproq ostidan çiqarib olingan ikki işçining şaxsiga aniqlik kiritgandi.