Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Olimpiya o‘yinlarida sovrindor bo‘lgan o‘zbek bokschisi professional boksga qaytmoqda
Foto: Getty Images
2016 yilda Rio de Janeyroda o‘tkazilgan Olimpiya o‘yinlarining bronza medali sohibi Rustam To‘laganov yana professional boksga qaytmoqda.
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi xabariga ko‘ra, To‘laganov prof ringdagi ikkinchi jangini bugun, 21 dekabr kuni Rossiyaning Krasnoyarsk shahrida mezbon sportchi Konstantin Piternovga qarshi o‘tkazadi.
To‘laganovning ertangi raqibi professional boksda 44 marta jang o‘tkazib, 21 marta g‘alaba qozongan va 23 marta raqiblariga imkoniyatni boy bergan.
Rustam To‘laganov 2017 yilda professional boksda ilk jangini o‘tkazib, unda nokaut evaziga g‘alabani qo‘lga kiritgan edi. O‘shanda u AQShlik Robert Guyerraga qarshi ringga ko‘tarilgan edi.
Ma'lumot uchun, 21 dekabr kuni Rustam To‘laganov bilan bir kunda boshqa bir o‘zbek bokschisi Odiljon Aslonov ringga ko‘tariladi.
Mavzuga oid
19:34 / 28.11.2025
Boks bo‘yicha 2026 yilgi jahon kubogi O‘zbekistonda o‘tkaziladi
19:16 / 18.11.2025
Usik endi mutlaq jahon chempioni emas. U WBO kamarini jangsiz topshirdi
22:27 / 19.10.2025
Mujibillo Tursunov WBC Gran-pri musobaqasi finaliga chiqdi
10:10 / 07.10.2025