«Uch yil oldin bu bilan hech kim shug‘ullanmagan» – Ne'matov Rossiyadagi vaqtinchalik markazlarda saqlanayotgan muhojirlar haqida

Foto: KUN.UZ
Rossiyada migratsiya qonunchiligini buzgani, pasportini yo‘qotgani yoki boshqa sabablarga ko‘ra vaqtinchalik markazlarda saqlanayotgan, O‘zbekiston tomonidan so‘ralgan hujjatlar o‘z vaqtida yetib kelmagani uchun bu yerda olti oylab qolib ketayotgan mehnat muhojirlari bilan bog‘liq masala yuzasidan O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Ne'matov o‘z fikrini bildirdi.
Ne'matov Kun.uz muxbiri bilan suhbatda bu masalaga yechim topilishini ta'kidladi.
«Albatta, bu masala ham yechimini topadi. Bu masala bilan uch yil oldin hech kim shug‘ullanmagan. Mana, uch yildan beri prezidentimiz o‘zlari bunga juda katta ahamiyat beryaptilar. Tashriflar davomida Rossiya bilan bitimlar imzolandi. Mana shu bitimlarga asosan biz Moskvaga o‘zimizning Mehnat vazirligidan 9 nafar vakilimizni yubordik. 6ta konsullik bo‘limini ochdik – Yekaterenburgda, Qozonda, Vladivostokda, Rostovda, Sankt-Peterburgda. Oldin bular yo‘q edi. Faqatgina elchixonaning bitta konsullik bo‘limi bor edi xolos va Novosibirskda bizning konsulligimiz bor edi.
Bularni ochishdan maqsad nima? Asosiy maqsad – pirovard natijada Rossiyada ishlayotgan fuqarolarimizning manfaatini himoya qilish. Shuning uchun ham biz albatta bu masalalarni yechamiz. Hozirgi kunda biz ularga juda katta ahamiyat beryapmiz, mana mehnat migrantlarining pensiya masalasini hal qilyapmiz. Hech qanday muammo bo‘lishi mumkin emas bu sohada», – deydi Ne'matov.
Ma'lumot uchun, Rossiya migratsiya qonunchiligini buzgan muhojirlar to sud qarori chiqqunga qadar vaqtincha saqlash markazlarida tutib turiladi. Aslida bu yerda 10 sutka ushlab turilishi kerak bo‘lgan migrantlar Rossiya sudlarida ish hajmining ko‘pligi, shuningdek, elchixonadan so‘ralgan fuqaroning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar va boshqa ma'lumotlar vaqtida yetib kelmasligi ortidan oylab, hatto yillab qolib ketayotgani haqida ma'lumotlar bor.
Vaqtincha saqlash markazlaridagi ahvol qoniqarli emasligi, muhojirlar lagerlari tobora ko‘payib borayotgani aytiladi.
Avvalroq Rossiyada ham mehnat migrantlari uchun Green card joriy etish mo‘ljallanayotgani, Rossiyada «qora ro‘yxat»ga tushgan 400 ming o‘zbekistonlikni ro‘yxatdan o‘chirish ustida ish olib borilayotgani, xorijdagi migrantlarga masofadan o‘qish va diplomga ega bo‘lish taklif etilishi mumkinligi xabar qilingandi.
Tavsiya etamiz
Putin AQSh va Ukrainaning 30 kunlik otashkesim taklifiga rozi bo‘ldi
Jahon | 23:00 / 13.03.2025
«Credit House» ishi: Minglab odamlar uysiz va pulsiz qolyapti
O‘zbekiston | 12:30 / 13.03.2025
«Quvur operatsiyasi»: ruslar uni «urushdagi burilish nuqtasi» deyishmoqda
Jahon | 23:40 / 11.03.2025
Amaldorlar “mahalliy” xizmat avtomobillariga o‘tkazilmoqda
O‘zbekiston | 16:34 / 11.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Avstraliyada vombat bolasini onasidan tortib olgan amerikalik bloger deportatsiya qilinishi mumkin
Jahon | 14:40
-
Zelenskiy: Rossiya urushni davom ettirishga intilyapti
Jahon | 13:53
-
AQSh Rossiya bank sektori va neftiga qarshi sanksiyalarni kuchaytiradi
Jahon | 13:52
-
Tramp bayonotidan rozi Falastin, Putinning otashkesim shartlari va Ozarboyjon takliflarini qabul qilgan Armaniston - kun dayjesti
Jahon | 13:51
Mavzuga oid

23:00 / 08.10.2024
Putin o‘zbekistonlik diplomat Ilhom Ne’matovni orden bilan taqdirladi

21:24 / 18.08.2024
Bir kun ichida 500 ga yaqin noqonuniy muhojir qayiqlarda Buyuk Britaniyaga kirib keldi

23:41 / 23.09.2021
Oq uy haitilik muhojirlar ortidan otliq politsiya quvlamasligiga va'da berdi

20:25 / 02.06.2021