YeXHT missiyasi rahbari O‘zbekistondagi hozirgi saylovni 2016 yilgisi bilan taqqosladi

Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti Demokratik institutlar va inson huquqlari byurosining O‘zbekistondagi saylovlarni kuzatish bo‘yicha missiyasi rahbari Tana de Zuluyeta 22 dekabr kuni Toshkent shahridagi 883-saylov uchastkasida bo‘lib, jarayon bilan bevosita tanishdi.
«Ilk marotaba O‘zbekistondagi saylovlarni kuzatish uchun YeXHT nomidan bunchalik katta guruh (316 nafar kuzatuvchi – tahr.) tashrif buyurdi. Jami 37ta mamlakatdan vakillarni saylovni kuzatish uchun jalb qilganmiz», ─ dedi xorijlik kuzatuvchi jurnalistlar bilan suhbatda.

Kun.uz muxbirining xabar berishicha, Tana de Zuleta xorijiy kuzatuvchilar uchun hech qanday to‘sqinliklar yo‘qligini e'tirof etgan.
«Belgilangan normalarga ko‘ra, kuzatuvchilar saylov jarayonlariga aralashmaydi. Faqatgina chetdan kuzatadi. Agar qandaydir kamchiliklar va xatolar aniqlansa, ular haqida hisobot qilib, ertangi matbuot anjumanida taqdim etiladi.
Kuzatuvchilar uchun Markaziy saylov komissiyasi va hukumat tomonidan kerakli resurslar ajratilgan. 2016 yilgi saylovlarda biz birinchi kuzatuvimizni amalga oshirgan edik. O‘sha paytda kuzatuvchilar soni uchun muayyan limitlar belgilangan. Hozir esa hech qanday cheklov mavjud emas. Bu O‘zbekiston uchun yaxshi natija. Kuzatuvchilar soni uchun cheklovning yo‘qligi saylov jarayonlarida shaffoflik, ochiqlikni ta'minlaydi.
Bunday jarayonlarda davlatlarning bir-birini kuzatishi va tavsiyalar berishi saylov jarayonlarini yaxshilash, undagi ochiqlikni ta'minlashga katta yordam beradi», ─ deya ta'kidladi Zuluyeta xonim.
YeXHT vakili ovoz berish jarayonida saylovchiga barcha nomzodlarga qarshi ekanini ifoda etish hamda mustaqil nomzodni belgilash imkoni berilishi qanchalik muhim, degan savolga quyidagicha javob berdi.
«Ba'zi davlatlarda saylov byulleteniga ko‘rsatilgan barcha nomzodlarga qarshiman, degan qism ham kiritiladi. Lekin shaxsan o‘zim bunga guvoh bo‘lmaganman. Fikrimcha, byulletenga bunday qismni kiritmagan holda ham saylovlarni yaxshi tashkillashtirish mumkin.
Saylovchi mustaqil nomzodlar ismini byulletenga kiritishiga kelsak, bunday imkoniyat bo‘lishi kerak. Bu bo‘yicha bundan avvalgi saylovlarda ham, bu gal ham o‘z tavsiyalarimizni hukumatga berganmiz», – dedi YeXHT missiyasi rahbari.
Ma'lumot uchun, O‘zbekistondagi bugungi saylovlarni o‘nta xalqaro tashkilotdan, dunyoning 50dan ortiq davlatidan kelgan 825 nafar xalqaro kuzatuvchi bevosita kuzatib bormoqda
Tavsiya etamiz
Bozor – go‘sht narxi haqida: “Yem-xashak qimmat, mol boqish oson bo‘lmay qoldi”
O‘zbekiston | 17:00 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
O‘zbekiston | 14:30 / 27.05.2025
“Viza berishni osonlashtirish haqida gap-so‘z yo‘q” – AQSh elchixonasi
O‘zbekiston | 19:28 / 26.05.2025
Makron Vetnamga tashrifi chog‘ida rafiqasidan shappati yedi
Jahon | 16:40 / 26.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Peterburgda xorijliklarga taksichi va kurer sifatida ishlash taqiqlanishi mumkin
Jahon | 19:33
-
Tramp Amerika universitetini yuz minglab xitoylik talabalardan «tozalashga» qaror qildi
Jahon | 19:31
-
Janubiy Koreyada harbiy samolyot halokatga uchradi
Jahon | 18:49
-
Italiya bosh vazirining O‘zbekistonga tashrifi yakunlandi
O‘zbekiston | 18:43
Mavzuga oid

10:38 / 24.02.2025
Germaniyada parlament saylovlari. Konservativlar birinchi o‘rinni egalladi

15:47 / 18.10.2021
MSK 3 kun davomida qancha saylovchi muddatdan avval ovoz berganini ma'lum qildi

12:39 / 18.10.2021
O‘zbekiston prezidentligiga nomzodlarning ishonchli vakillari o‘rtasida teledebat o‘tkaziladi

11:31 / 18.10.2021