Ispaniya La Ligasining 18-turidan o‘rin olgan so‘nggi bahsda «Real» o‘z uyida Bilbaoning «Atletik» klubini qabul qildi. Madridliklar o‘yinda to‘liq ustunlikka erishishganiga qaramay raqib darvozasiga yo‘l topa olishmadi. Bu «qirollik klubi»ning ketma-ket uchinchi durangidir.

Shu tariqa «Real» davralar oralig‘idagi tanaffusga 37 ochko bilan 2-o‘rinda chiqib ketadigan bo‘ldi. «Atletik» esa 28 ochko bilan 8-o‘rinda qoldi.

La Liga, 18-tur

Real – Atletik 0:0 
22 dekabr, «Santyago Bernabeu»
Real: Kurtua, Ramos, Militao (Nacho, 57), Karvaxal, Mendi, Kroos, Modrich, Rodrigo (Beyl, 62), Valverde, Vinisius (Yovich, 72), Benzema. 
Atletik: Unai Simon, Berchiche, Martines, Yyeray Alvares, Lekue, Raul Garsiya, Vesga, Dani Garsiya, Nunes, Kodro (Vilyalibre, 73), Uilyams (Benyat, 86).
Ogohlantirish: Ramos (87).