Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdöğan Turkiya şimoli-ğarbidagi Galjuk harbiy kemasozlik verfida birinçi turk suv osti kemasi Piri Reis’ni suvga tuşiriş marosimida qatnaşib, Turkiya 2027 yilgaça oltita suv osti kemasini suvga tuşirmoqçi ekanligini ma'lum qildi.
“2022 yildan boşlab Turkiya harbiy-dengiz kuçlariga har yili bittadan suv osti kemasi topşiriladi. Hammasi bölib oltita suv osti kemasi quriladi. Ularning oxirgisi 2027 yildan keçikmay Turkiya harbiy-dengiz kuçlari qömondonligiga topşirilişi rejalaştirilgan”, deb aytgan Erdöğan.
Anadolu agentligining xabar berişiça, Piri Reis kemasining massasi 1850 tonnani, uzunligi 68,3 metrni, eni 6,3 metrni taşkil qiladi. Kema jamoasi 40 kişidan iborat.
Ikkinçi suv osti kemasi – Hızır Reis texnik jihozlaniş bosqiçida bölib, taxminan 2022 yilda suvga tuşiriladi.
Uşbu suv osti kemalari zamonaviy torpedo majmualari bilan qurollangan bölib, ular duşmanning quruqlikdagi qözğalmas obektlarini yöq qilişi, mina tösiqlar qöyişi va raketa zarbalari berişi mumkin.

















